Pedagogika – tarbiya nazariyasi va san‘ati haqidagi fan. Yangi kishining dunyoga kelishi
faqat tug‘ilishdan iborat. Jismoniy hodisa emas. Bola tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining
ijtimoiy taraqqiyot darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, ijtimoiy
munosabatlar tizimida o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga
aylanishi, ya‘ni tarbiya olishi kerak. Demak, tarbiya hamma vaqt mavjud bo‘lgan jamiyatning
(hayotning) doimiy va eng zarur funksiyasidir. U qiyin va murakkab maqsadga faqat tarbiya
bilangina erishish mumkin. Mazkur muammoni ilmiy hal qilish uchun shu davrgacha yashab ijod
etgan buyuk pelagoglarning shu sohadagi ilmiy merosiga tayanishimiz shart. Tarbiyaning
jamiyat va har bir inson hayotidagi ijtimoiy ahamiyati haqida buyuk o‘zbek pedagogi A.Avloniy
―Al-hosil, tarbiya bizlar uchun – yo hayot, - yo mamot, - yo najot, - yo halokat, - yo saodat, - yo
falokat masalasidir‖ tarzida ta‘riflangan. Demak, tarbiya biz uchun hamma narsaga erishishini
ta‘minlovchi qudratli kuch ekan. Bunda tarbiyachining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi hal
qiluvchini anglash darkor. ―Tarbiya ishida o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoniga katta o‘rin
berilmog‘i lozim. Insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etgan‖ – degan
G.Spenser. ―Tarbiya avvalo o‘qituvchi bilan bolalarning doimiy ma‘naviy munosabatidir‖ –
degan Suxomlinskiy.
Qadimgi sharq maqollaridan birida shunday deyilgan: ―Agar o‘zingni bir yilga
ta‘minlamoqchi bo‘lsang sholi ek, o‘n yilga ta‘minlamoqchi bo‘lsang daraxt ek, yuz yilga
ta‘minlamoqchi bo‘lsang odam tarbiyala‖
Mashhur pedagog K.D.Ushinskiy ―Tarbiya san‘ati shunday xususiyatga egaki, deyarli
barchaga tanish va tushunarli, ba‘zilarga esa juda oson ish bo‘lib tuyuladi – odam bu ish bilan
nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson
bo‘lib ko‘rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishni e‘tirof qilishadi, ayrimlar
buning uchun tug‘ma qobiliyat va malaka ya‘ni ko‘nikma kerak deb uylaydilar: lekin juda kam
odam sabr-toqat tug‘ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida
ishonch hosil qilishadi‖ – deb juda o‘rinli ta‘rif bergan edi. Haqiqatan ham tarbiya jarayoni sabr-
toqat, ba‘zilar tug‘ma qobiliyat, ko‘nikma va malakadan tashqari maxsus bilimlar kerakligini
ko‘pchilik bilishmaydi. Buning uchun oliygohda ana shu maxsus bilimlarni egalash nihoyatda
muhimdir. ―Insoni inson qilib yetishtiruvchi narsa tarbiyadir‖ – degan Demokrit.
Tarbiya shaxsni shakllantirish omillaridan biridir. U shundan iboratki, kishilar turli
vositalar bilan ma‘lum bir maqsadga o‘z tarbiyalanuvchilarida ma‘lum holatni hosil qilish va
rivojlantirishni hoxlaydi. Tarbiya shaxsni shakllantirishning boshqa omillaridan sifat jihatdan
shu bilan farq qiladiki, tarbiyachi o‘z oldiga ongli suratda ma‘lum bir maqsad qo‘yadi va shu
maqsadiga erishishi uchun intilib, uni amalga oshirish vositalarini topadi. Shunday qilib, tarbiya
shaxsning muayyan yo‘nalishida shakllantirish maqsadi bilan turli odamlar bir-biriga ta‘sir
ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Tarbiyaning negizini tashkil etadigan qonuniyatlarni bilish bugungi kunda odamlar bilan
(yashaydigan) ishlaydigan har qanday mutaxassisning ishchanlik malakasini bildiradigan
belgilaridan bo‘lib qolmoqda.
Tarbiya hamma narsa tarbiyachining shaxsiga asoslanishi kerak. ―Shaxsning rivojlanishi
va shakllanishiga faqat shaxs ta‘sir ko‘rsata oladi, xarakterni faqat xarakter vositasi bilan
vujudga keltirish mumkin‖ – degan edi Ushinskiy. Haqiqatni ham odam odamga qo‘ygan
maqsad asosida o‘quvchilarga, yoshlarga o‘z xarakteri bilan, xarakterni shakllantiradi.
Yuqorida asoslangan pedagogika fanining asosiy kategoriyalari o‘zaro uzviy bog‘liq
holda olib borilib barkamol insoni shakllantiriradi. Demak, tarbiya jarayoni umuminsoniy miliy
va har bir shaxsnining o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantiruvchi ijtimoyi jarayonlardir deb
xulosa chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: