ba‘zilar o‘z otalaridan savod o‘rganar edilar. Quldor zodoganlar mehnat bilan shug‘ullanuvchi
erkin aholiga nafrat bilan qarar edilar. Qullarni esa ―gapiradigan ish quroli‖ debgina hisoblar
edilar.Qadimgi Gresiya olimlari va faylasuflari Sokrat, Aristotel va Demokrit jamoat oldida
so‘zlagan nutqlari va ilmiy asarlarida o‘zlarining tarbiya va ta‘lim to‘g‘risidagi fikrlarini juda
ravshan ifoda etganlar.Sokrat eramizning avvalgi 469-399 yillar o‘zining demokratik ijtimoiy
chiqishiga qaramay, konservativ zamindor arestokratlarning ideologi edi. Sokratning fikricha
tarbiyada kutilgan maqsad buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki shining o‘z-o‘zini bilib
olish ahloqni kamol toptirish bo‘lmogi lozim.Qadimgi Gresiyaning mashxur faylasufi Platon
eramizdan ilgarigi (427-347) idealist faylasuf, Sokratning shogirdi.Platonning fikricha, davlatni
maqsadi oliy ezgulik ideyasiga yaqinlashishdir, bu ideya asosan tarbiya yuli bilan ro‘yobga
chiqadi. Platonning fikricha 3-yoshdan boshlab, yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan
tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar bilan shug‘ullanadilar. Platon uyinlarni
maktabgacha tarbiya vositasi hisoblab, ularga katta ahamiyat berdi. Bolalar 7-12 yoshgacha
davlat maktablariga qatnaydilar va bunday maktablarda ularga o‘qish, yozish, hisob, muzika va
ashula o‘rgatiladi. Bolalar 12 yoshdan 16 yoshgacha odatdagi gimnastika mashqlari
o‘rganilayetgan, pomstrada,ya‘ni jismoniy tarbiya maktablarida o‘qiydilar Polestrani
tamomlagan o‘spirinlar 18 yoshga yetguncha, arifmetika, geometriya va astronomiyani
o‘rganadilar, 18 yoshdan 20 yoshgacha yigitlar efiblida tarbiyalanadilar, ya‘ni harbiy gimnastika
tayyorgarligini o‘tadilar, aqliy mashg‘ulotga mayli bo‘lmagan yigitlar 20 yoshidan boshlab
jangchilar qatoriga o‘tadilar. Quldorlik tuzumi davridagi ta‘lim-tarbiyaning ahamiyati hozirgi
ta‘lim-tarbiyaga kattadir. Chunki, ta‘lim-tarbiyadagi ba‘zi bir prinsiplar hozir ham saqlanib
qolgan.Biz yosh avlodga tarbiya berishda albatta o‘tmishimizdagi ta‘lim-tarbiya to‘g‘risida
to‘xtalib, undan foydalanishimiz lozim. Hozirgacha quldorlik tuzumidagi tarbiyaviy ta‘limiy
uslublar davom ettirilib kelmoqda. Ba‘zi mamlakatlarda albatta, xulosa qilib shuni aytish
kerakki, ta‘lim-tarbiyaning rivojlanishida quldorlik tuzumi davrini ham ahamiyati beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: