2.2. Tadqiqot obyektlari. G’o’zaning kemiruvchi zararkunandalari va ularga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy preparatlar.
2.3. Tadqiqot uslublari. Dalada olib borilgan tadqiqotlar Alimuhamedov S.N., Xo’jayev Sh.T. (1978) uslublari asosida olib borildi.
Material yig’ish. G’o’zaning zararkunandalarini tur tarkibini aniqlashda turli usullar qo’llanildi. Tur tarkibi va zararlanganlik darajasini zararkunandalarni yo’qotish chora tadbirlarini olib borish imkonini beradi.
Vizual kuzatish uslubi. Tadqiqotlar Yaxontov B.B. [27] usuli asosidda olib borildi. Tadqiqot olib borilayotgan dalada o’lchami 1 m2 bo’lgan 5 ta maydoncha tanlab olinadi va ular diagonal bo’yicha joylashtiriladi. Hisobni olib borishni osonlashtirish uchun metrli ramka ishlatish mumkin. Keyin har bir o’simlik tekshirilib, ulardagi hasharotlar yig’ib olinadi. Tur tarkibi dala ishlari tugagach aniqlanadi.
Bu usul bilan g’o’zani ochiq zararlovchi hashoratlar aniqlanadi. Entomologik matrap yordamida (diametri 30 sm) diagonaldagi dalalar bo’ylab matrap selkitib yuriladi va shu yo’l bilan uchayotgan kapalaklar tutiladi. Shu tartibda dalalar oraliqlari ham kuzatiladi va hashoratlar to’planadi. G’o’za tunlamining soni har 100 ta o’simlikda sanaldi (dala diogonali bo’ylab 20 ta namuna olinadi).
Tuproq qazilmalari.Bu uslub bahor va kuzgi davrda g’o’zaning tuproqdagi zararkunadalarini tur tarkibi va sonini hisoblashda ishlatiladi. Tunlam qurtlari va ularning g’umbaklarini aniqlashda 25*25 sm 10 sm chuqurlikda tuproq kovlanadi. Qazish ishlarini sovuq tushmasdan tuproq harorati 100S bo’lganda olib borish kerak. Dala diagonali bo’ylab ham 10 tadan chuqurlar qazib qo’yiladi.
Zararlanish darajasini aniqlash. Ushbu uslub g’o’za zararkunandalarining tur tarkibi yoki shu tur yetkazgan zarar xarakterini aniqlashga qaratilgan. G’o’zani zararlovchi har bir tur faqat o’ziga xos zarar yetkazish xarakteriga ya’ni o’simlikni yerusti yoki yer osti qismlarini zararlashi mumkin.
Zararlanishni hisobga olish yo’li bilan oldin topilmagan alohida turni, uning soni, tarkibini aniqlash mumkin. Tadqiqotlar 2013-2014 yillar Past Darg’om tumanining Chandirobod jamoa xo’jaligida paxta dalalarida olib borildi.