Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə7/13
tarix16.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
gozaning kemiruvchi zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari (1)

2 Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari
2.1. Tadqiqot rayonining fiziko-gegrafik tavsifi
Samarqand viloyati O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Shimoliy va g’arbdan Navoiy viloyati, janubdan Qashqadaryo, janubiy-sharqdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 16,8 ming km2. Tarkibida 14 tuman (Bulung’ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg’om, Paxtachi, Samarqand, Tayloq, Urgut, Qo’shrabot), 11 shahar (Bulurg’ur, Jomboy, Juma, Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Samarqand, Urgut, Chelak), 12 shaharcha (Dahbed, Ziyovuddin, Ingichka, Kimyogarlar, Loyish, Mitan, Mirbozor, Payshanba, Suv hovuzi, Farhod, Xishrav, Charxin) va 125 ta qishloq fuqarolari yig’ini bor. Markazi – Samarqand shahri.
Tabiati. Samarqand viloyati Pomir-Oloy tog’larining g’arbiy chekkasida, Zarafshon daryosining o’rta qismida joylashgan. Relyefi, asosan, kenglik bo’ylab cho’zilgan va shimoldan Turkiston tog’ - tizmalarining tarmoqlari (Nurota tog’i, balandligi 2169m), Oqtog’, 2003 m, janubdan Zarafshon tog’ tizmalari bilan o’ralgan Zarafshon daryosi vodiysidan iborat. Vodiy sharqdan (750-800m) g’arbga qarab (350m) pasayib boradi. Vodiydan shimolga tomon qiya – tekisliklar joylashgan va tog’larga yaqinlashganda adirlar boshlanadi.
Zarafshon tizmasi (g’arbiy qismi) janubda Qashqadaryo viloyati bilan bo’lgan chegara bo’ylab cho’ziladi. Bu tizma (2388m), asosan, paleozoyning kristalli slaneslari va ohaktoshlaridan tarkib topgan. G’arbga tomon tizma asta-sekin pasayadi va Kattaqo’rg’on janubda past-baland tepaliklardan iborat tekislik bilan qo’shilib ketadi. Asosan, qumtosh, slanes va magmatik jinslardan tashkil topgan Nurota tog’i bir nechta yirik orografik birliklarga parchalanib ketgan.
Foydali qizilmalardan oltin, kumush, volfram rudasi (Ingichka), flyuorit, kvars, ohaktosh. Granit, margel, gips, bentonit gili, abraziv materiallar, mineral bo’yoqlar, marmar (Omonqutan, G’ozg’on, Jom), korund konlari (Nurotaning janubiy-sharqida); mineral buloqlar bor.
Iqlimi kontinental, quruq iqlim. Bulutli kunlar kam bo’ladi. Tekisliklarda qish iliq, yanvarning o’rtacha temperaturasi shimolda -20, tog’larda -4,80. Yozi issiq. Iyulning o’rtacha temperaturasi 25,90-27,80, eng past temperatura -320, eng yuqori temperatura 420mm. Yog’inning 80%i qish va bahorda yog’adi. Qor 16-20 kungina saqlanadi. Vegetasiya davri 324-334 kun. Baland ko’tarilgan sari temperatura pasayadi. Iqlim sharoiti va sug’orish Samarqand viloyatida paxta, tamaki, shaftoli, o’rik, uzum, anjir, anor yetishtirish uchun qulay.
Asosiy daryosi – Zarafshon. Viloyat hududidagi qismining uzunligi 193 km. Tevarak atrofidagi tog’lardan oqib tushgan soylar sug’orishga sarflangani uchun Zarafshonga yetmasdan tugaydi. Darg’om, Narpay (54km), o’ng qirg’oq (64km), chap qirg’oq (169,3 km), markaziy magistral (39,5 km) Zarafshon, Eski anhor kanallari va Kattaqo’rg’onsuv omboridan ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Viloyatning junbiy-g’arbiy qismida oqadigan soylar yozda qurib qoladi. Tuprog’i asosan bo’z tuproq.
Tekisliklar va 500m gacha balandlikdagi tog’ etaklarida sur-qo’ng’ir, och bo’z tuproqlar sug’oriladigan yerlarda o’tloqi bo’z tuproqlar) 1500-1700m balandlikda to’q bo’z tuproqlar, cho’l zonasida kumoq, taqir, bo’z qo’ng’ir tuproqlar va sho’rxoklar tarqalgan. Yong’oqzor va archazorlar qo’ng’ir tuproqlar, yanada balandroq qoramtir tuproqlar bo’lib, undan yuqorida tog’-o’tlog’i tundrasida uchraydi.
Past Darg’om tumani relfi tog’ oldi hudud hisoblanadi. Bu yerda quyosh faoliyati yuqori. Iqlim tavsiflari mintaqaning kengligiga, joylarning balandligiga bog’liq. Eng sovuq oy - yanvar. Yanvarda havoning o’rtacha kunlik harorati -8-170gacha bo’ladi. Tog’larda havoning isishi 5-10 bo’lishi mumkin. Eng issiq oyi – iyul- avgust. O’rtacha harorat 20-250, maksimal harorat 30-400 dan past bo’lmaydi.
Havoning nisbiy namligi yozda 35-50 % dan oshmaydi, qishda 40-65 % ni tashkil etadi. Past - Darg’om tumanida qishloq xo’jalik ekinlaridan paxta, bug’doy, kartoshka, pomidor, bodring, qovun-tarvuz kabi ekinlar yetishtiriladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin