Algoritm tushunchasi Algoritmning xossalari



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə1/5
tarix07.04.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#94674
  1   2   3   4   5
ALGORITMLASH ASOSLARI


Mavzu: Algoritm haqida tushuncha

  1. Algoritm tushunchasi

  2. Algoritmning xossalari

  3. Algoritmning xossalari

Algoritm so`zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz Muxammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog`liq bo`lib, uning arifmetikaga bag`ishlangan “Al jabr va al-muqobala” nomli asarining dastlabki betidagi “Dixit Algoritmic” (“Dediki Al Xorazmiy”ning lotincha ifodasi) degan jumlalardan kelib chiqqan.


Al-Xorazmiy birinchi bo`lib o`nlik sanoq sistemasining prinsiplarini va unda turli amallar bajarish qoidalarini asoslab berdi. Bu esa hisoblash ishlarini ixchamlashtirish va osonlashtirish imkonini yaratadi. Chunki bu bilan o`sha davrda qo`llanib kelingan rim raqamlari va sonlarni so`z orqali yozib bajarishdagi noqulayliklar bartaraf etildi.
Dastlab algoritm deyilganda o`nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish qoidalari tushunib kelingan.
Al-Xorazmiyning ilmiy asarlari fanga algoritm tushunchasining kiritilishiga sabab bo`ldi.
Algoritm nima? Umuman olganda uni aniq ta'riflash mushkul. Lekin algoritmning mohiyatini aniq va qat'iyroq tushuntirishga harakat qilamiz.
Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli hamda to`liq tizimi tushuniladi.
Algoritmga quyidagicha ta'rif berishimiz mumkin: algoritm deb aniq natijaga olib keladigan amallarning cheklangan ketma-ketligiga aytiladi.
Algoritmning xizmati nimadan iborat?
Algoritmlar-bu bilimlar ustida fikrlash va yetkazib berishdan iborat. Haqiqatan ham kimdir qandaydir masalani yechishni o`ylab topib va uni boshqalarga aytmoqchi bo`lsa, u holda u o`ylab topgan yechimini shunday tasvirlashi kerakki, natijada boshqalar ham uni tushunsin, hamda shu tasvirga ko`ra boshqalar ham masalani to`g`ri yechishsin. Shuning uchun tasvir bir necha talablarga bo`ysinishi kerak.
Agar yechimning tasviri aniq bo`lmasa, ya'ni mujmal bo`lsa, u holda shu tasvirga asosan boshqa javobni olish mumkin. Chunki, har kim masala yechimining tasvirini noaniq mujmal joyini o`zicha aniqlashtirishi mumkin. Bunday tasvirni algoritm deb bo`lmaydi. Algoritmlarga misol sifatida taomlar tayyorlash retseptlarini, formulalarni, turli avtomatik qurilmalarni ishlatish yo`lini, mexanik yoki elektron o`yinchoqlarni ishlatish bo`yicha yo`riqnomalarni, ko`cha harakati qoidalarini keltirish mumkin. Algoritmga ba'zi bir misollar keltiramiz:

Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin