Akkreditatsiya nima?


O‘zbekiston akkreditatsiya markaziga berilgan huquqlar



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə2/8
tarix26.11.2022
ölçüsü33,55 Kb.
#70693
1   2   3   4   5   6   7   8
Akkreditatsiya nima

O‘zbekiston akkreditatsiya markaziga berilgan huquqlar:

  • akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

  • ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • treninglar, seminarlar o‘tkazish va baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholash;

  • o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajaryotgan xodimlarga o‘z mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar to‘lash;

  • eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;

  • O‘zbekiston akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.


Akkreditatsiya milliy tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab berishi va O‘zbekiston akkreditatsiya markazi ushbu yo‘nalishlarga erishishi yuzasidan monitoring olib borushi uchun O‘zbekiston akkreditatsiya markazi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, nodavlat tashkilotlar vakillari, tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslar ishtirokida Akkreditatsiya bo‘yicha kengashi tashkil etildi.
Akkreditatsiya tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 243-son qaroriga asosan Agentlik tomonidan muxbirlarni akkreditatsiya qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘z muxbirlarini akkreditasiyadan o‘tkazish istagida bo‘lgan OAV mazkur Qarorda belgilangan tartibdagi tegishli buyurtmani hamda unga

  • ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

  • ixtisoslashuvi;

  • tarqalish hududi;

  • elektron pochta manzili;

  • tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

  • akkreditasiyaga taqdim etilgan muxbirlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;

  • kasb vazifalarini bajarish uchun muxbirlar o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan texnik jihozlar, muxbirlarning xizmat mavqei, pasporti, diplomi nusxalari, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosuratni ilova qilgan holda ma'lumot taqdim etishi so‘raladi.

Yuborilgan so‘rov tashkil etilgan Akkreditatsiya komissiyasining ekspert guruhi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 


Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin