11
Quyosh bepoyon olamga tinimsiz yorug‘lik tarqatib
turadi. Bu yorug‘likning bir qismigina Yerga keladi.
Yerdagi butun tirik tabiat – o‘simlik va hayvonlar, shu-
ningdek, odamzod Quyosh yorug‘ligi tufayli mavjuddir.
Faraz qilaylik, Quyosh birdaniga g‘oyib bo‘lib qoldi.
U holda Yerda qanday o‘zgarishlar yuz berishi mum-
kin? Avvalo, hamma yoqni tim qorong‘ilik qamrab
oladi. Osmondagi Oyning yorug‘ligi ham yo‘qoladi.
Chunki Oy o‘zidan yorug‘lik chiqarmaydi, u Quyosh
nurini ko‘zgu kabi bizga qaytaradi, xolos. Quyoshning
yorug‘ligisiz Yer yuzi tez sovib ketardi. Hamma yoq
qor-muzliklar bilan qoplanar edi. Daryo va ariqlardagi,
hattoki vodoprovoddagi suvlar ham to‘xtab qolar edi.
Xullas, hamma yoqni vahimali qorong‘ilik bosib, qahra-
ton sovuq egallar edi. Quyosh yorug‘ligisiz o‘simliklar
ham o‘smasdi, hayvonlar ham yashay olmasdi. Meva-
sabzavotlar, oziq-ovqatlar ham bo‘lmasdi. Shuning
uchun ham aytish mumkinki, Quyosh – Yerdagi hayot
manbayidir.
yulduz, osmon jismi, rasadxona,
Quyosh.
Dostları ilə paylaş: