Shu bilan birga respublikamizdagi barcha banklarning kredit portifelida iqtisodiyotni
real sektor korxonalarini kreditlashга alohida e’tibor qaratsih lozim. Real sektor
korxonalarini takomillashtirish orqali ishlab chiqarish salohiyati va eksport qilish hajmi
oshishi bilan bir qatorda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. Shu bilan birga
kreditlarning milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashdagi roli oshadi.
2.
Tijorat banklari kreditlarining barqaror sur’atlarda o‘sishini ta’minlash
maqsadida birinchidan, muddati o‘tgan kreditlarning barcha kreditlar hajmidagi
salmog‘ining chegaraviy darajadan (5 %) oshmasligini ta’minlash, ikkinchidan, talab
qilib olinadigan depozitlarning, ya’ni nobarqaror resurslarning barcha depozitlar
hajmidagi salmog‘ini imkon qadar kamaytirish, chunki ular bank uchun tekin resurs
bo‘lgani bilan istalgan vaqt depozit egasi uni bankdan talab qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: