Agrokimyo kirish


TUZLARNING FIZIOLOGIK REAKSIYASI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə14/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

TUZLARNING FIZIOLOGIK REAKSIYASI

  1. O’g’itlarning fiziologik nordonligi — o’simliklar tomonidan tuz tarkibidagi kationlarni ko’plab yutilishi va natijada muhit reaksiyasini nordonlashuvida namoyon bo’ladi. O’g’itlarning fiziologik ishqoriyligi asosida aksincha, o’siniliklar tomonidan tuz tarkibida ko’proq anionlarning yutilishi yotadi.


  2. Azotli o’g’itlar tarkibidan birinchi navbatda azot o’zlashtiriladi. Shu boisdan barcha ammoniyli tuzlar fiziologik jihatdan nordon, selitralar esa ishqoriy hisoblanadi. Masalan, natriyli seJitra dissosilanganda Na+ va NO3 ionlarga ajraladi. NO3 o’simliklar tomonidan tezda o’zlashtiriladi va Na+ tuproqning ishqoriyligini oshiradi. Shuningdek, muhitda gidrolitik ishqoriy tuz─ NaHCO3 yuzaga keladi.


  3. NH4Cl va (NH4)2SO4 kabi tuzlarning dissotsilanishidan hosil bo’ladigan ammoniy kationi o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Kislota qoldiqlari eritmani jadal nordonlashtiradi. Ammiakli selitra (NH4NO3) ning dissotsiatsiyasi NH4+ va NO3 ionlari hosil bo’lishi bilan boradi. NH4+ tezda TSK tarkibiga o’tadi va NO3 tuproqqa nordonlik baxsh etadi. Lekin bu tuzning fiziologik nordonligi unchalik kuchli emas. Kaliyli tuzlarning fiziologik nordonligi yanada kuchsiz. Kaliyga talabchanligi kam bo’lgan arpa va suli kabi ekinlarga kaliyli o’g’itlar mo’tadil, qand lavlagi, kungaboqar va makkajo’xori kabi kaliysevar o’simliklarga fiziologik nordon ta’sir ko’rsatadi (kartoshka, tamaki, zig’ir ham ko’p miqdorda kaliyni o’zlashtiradi). Oziq eritmasining o’z reaksiyasini saqlay olish xususiyati bevosita uning tarkibi bilan bog’liq. Masalan, eritmada Ca(HCO3)2 ko’p miqdorda uchrasa ortiqcha kislota kalsiy bikarbonat bilan ta’sirlashib, kalsiy tuzi, suv va karbonat angidridni hosil qiladi: Ca(HCO3)2 + H2SO4 = CaSO4 + 2H2O + 2CO2 Bunday eritma muayyan buferlik xususiyatlarini namoyon qiladi. Buferlik qobiliyatiga shuningdek, tuproqning singdirish sig’imi va singdirilgan kationlar tarkibi kuchli ta’sir ko’rsatadi.






      1. Yüklə 0,73 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin