Aerob grammanfiy kokklar va tayoqchalar. Bu guruh vakillari ta oilaga mansub bo'lib, shundan tasi tuproqning hosildorligini oshirishda amaliy ahamiyatga EGA



Yüklə 7,43 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü7,43 Kb.
#190899
1   2
Mikroorganizmlarning zamonaviy sistematikasi

D.X.Bergi (1984-y.) ma'lumoti bo'yicha Procariotae dunyosi 4 ta bo'limga ajratiladi: 1-bo'lim. Gracilacutes (lot. gracilus — yupqa, cutes — po'st) — bu bo'lim vakillariga hujayra devori grammanfiy tuzilishga ega bo'lgan kokkiar, tayoqchasimon prokariotlar kiradi. Ular endospora hosil qjlmaydi, boiinib ko'payadi, vakillari fototrof, nofototroflar, aeroblar, anaeroblar, obligat parazitlardir. Bo'lim Scotobacteria, Anoxyphotobacteria, Oxyphotobacteria sinflariga ajratiladi. 1-sinf — Scotobacteria. Sinf 10 ta: 1 — spiroxetalar; 2 — aerob spiral va vibrionsimon, grammanfiy bakteriyalar; 3 — aerob gram­manfiy kokkiar va tayoqchalar; 4 — fakultativ anaerob, grammanfiy tayoqchalar; 5 — anaerob, grammanfiy, bukilgan va spiral tayoq­chalar; 6 — grammanfiy, xemolitotrof bakteriyalar; 7 — sirpanuvchi bakteriyalar; 8 — xlamidabakteriyalar; 9 — poyali bakteriyalar; 10 — rikketsiyalar va xlamidalar kabi guruhlarga bo'linadi. Spiroxetalarga 2 ta Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kirib, ularga oson egiluvchan, uzunligi 5—600 mkm va eni 0,4— 0,7 mkm bo'lgan bir hujayrali bakteriyalar kiradi.

Aerob grammanfiy kokklar va tayoqchalar. Bu guruh vakillari 7 ta oilaga mansub bo'lib, shundan 3 tasi tuproqning hosildorligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega. Psevdomonadalar tabiatda juda keng tarqalgan, ba'zi vakillari nitratlarni erkin azotgacha qaytara oladilar.

  • Aerob grammanfiy kokklar va tayoqchalar. Bu guruh vakillari 7 ta oilaga mansub bo'lib, shundan 3 tasi tuproqning hosildorligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega. Psevdomonadalar tabiatda juda keng tarqalgan, ba'zi vakillari nitratlarni erkin azotgacha qaytara oladilar.
  • Azotobacteriaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, kokksimon hujayralarga ega bo'lib, harakatchan, spora hosil qilmaydi, erkin azotni o'zlashtira oladi.
  • Rhizobiaceae oilasi vakillari tayoqcha ko'rinishida, spora hosil qilmaydi, boshoqdoshlar ildizida tuganaklar hosil qiladi, o'simHklar bilan simbioz holda yashab, erkin azotni o'zlashtiradi.
  • Agrobacterium avlodi har xil o'simlik ildizlarida shish hosil qiladi va vakillari fitopatogen bakteriyalarga kiradi.
  • Methylcoccaceae oilasi ikki avlodni Methyiococcus va Methylo-monas ni o'z ichiga oladi. Bu avlod vakillari kokk va tayoqcha shak­lida boiib, ular uchun energiya manbayi bo'lib metan va metanol xizmat qiladi.
  • Acetobacteriacaea oilasi Acetobacter va Gluconobacter avlod-laridan tashkil topgan bo'lib, bu avlod vakillari ctil spirtini sirka kislotagacha oksidlaydi
  • Anaerob, grammanfiy, bukilgan va spiral tayoqchalar guruhi vakillari to'g'ri, bukilgan va spiral tayoqchalardan iborat bo'lib, Bacterojdaceae oilasiga mansub, odam va hayvonlarning oshqozon-ichak yo'ilarida uchrab, ba'zan oshqozon-ichak yo'ilarida kasallik qo'zg'atishi rnumkin. Sut emizuvchilarning oshqozon-ichak yo'i­larida Selenomonas avlodiga mansub bakteriyalar uchraydi. Ular-ning shakllari yarim oysimon, harakatchan, uglevodlarni sirka, propion kislota, sut kislota, C02 gacha bijg'itadilar.
  • Grammanfiy, xemolitotrof bakteriyalar ikki oila va 15 ta avloddan iborat.
  • Nitrobacteriaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, ellipssimon, sharsimon, spiralsimon ko'rinishlarda bo'lib, spora hosil qilmaydi. Harakatchan va harakatsiz vakillarga ega. Xemolitotrof vakillari obligat holda uchraydi. Ular energiyani ammiak yoki nitratlarning oksidlanishidan oladi. Tuproqda, suv havzalarida, dengiz va okean suvlarida ko'proq tarqalgan. Nitrosospira, Nitrosococcus, Nitroso lobus, Nitrospira, Nitrococcus kabi vakillari ammiakni nitritgacha oksidlaydi.
  • Siderocapsaceae oilasi vakillari kapsula bilan qoplangan bo'lib, tavoqcha, sharsimon, ellipssimon hujayralardan iborat. Bu oila vakillari temir oksidini to'plash xususiyatiga ega. Ular oksidlarni kapsula ustida, kapsuladan tashqarida yoki kapsulaning o'zida to'playdilar. Bu oila vakillari xemoroorganotroflar hisoblanib, kis-lorodli muhitni yoqtiradi va temir moddalari bor suvlarda ko'proq tarqalgan.

Yüklə 7,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin