Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Chog‘ishtirish metodi – filologik hodisalarni tizimli 
qiyos lashga asoslangan metod bo‘lib, asosan farqli xususiyat­
larni ochib berishga qaratilgan metoddir. Shuning uchun ham 
tilshunoslikda boshqacha nomi kontrastiv metod deb atala­
di. Garchi nazariy asoslari ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, antik 
davrlardan boshlab turli xil filologik hodisalarni chog‘ishti­
rishga qaratilgan asarlar yaratilgan. Alisher Navoiyning fors 
va turkiy tillar muhokamasiga qaratilgan «Muhokamat-ul 
lug‘atayn» asari chog‘ishtirish metodining yorqin namuna­
sidir. Fanda mazkur metodning nazariy asoslari tilshunos olim 
I. A. Boduen de Kurtene tomonidan XIX asrda ishlab chiqilgan. 
Ye. D. Polivanov, L. V. Sherba, S. I. Bernshteyn, A.A.Reformat­
skiy, Sh. Balli kabi olimlar bu boradagi ilmiy ishlarni davom 
ettirishgan
3

Tilshunos olim R.Rasulov ilmiy xulosalariga ko‘ra, cho-
g‘ish tirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarin­
dosh bo‘lmagan tillarni, til hodisalarini o‘zaro qiyolash usuli 

Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. – Тошкент: Муҳаррир, 2011. – Б.74. 

Bu haqda yana qarang: Эшонбобоев А. Қиёсий-тарихий метод ҳақида // Ўзбек тили ва 
адабиёти. 2008. №2.

Поливанов Е.Д. Русская грамматика в сопоставлении с узбекским языком. – Ташкент, 
1933; Реформатский А.А. О сопоставительном методе // Русский язык в национальной 
школе. 1962. №5; Методы сопоставительного изучения языков. – М., 1988.
bo‘lib, ushbu xususiyatga ko‘ra faqat qarindosh tillarni taq-
qos lab, qiyoslab o‘rganadigan qiyosiy-tarixiy metoddan farq 
qiladi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metoddan farqli ravishda, 
chog‘ishtirilayotgan tillarning tarixiga, ularning kelib chi­
qishiga – genetik jihatlariga, taraqqiyotiga e’tibor bermaydi, 
ularga asoslanmaydi.
1
Agar yuqoridagi nazariy fikrlarni adabiyotga tatbiq qilsak, 
tahlil bir millat yoki bir hudud adabiyoti doirasida olib borilsa, 
adabiy hodisalarning genetik jihatlariga e’tibor qaratilsa, bun­
da qiyosiy-tarixiy metoddan (mas., «o‘zbek mumtoz adabiyoti­
da ramzlar qiyosi»), turli millatga mansub adabiyotlar tadqiqi 
va tahlili asosida (mas., rus va o‘zbek, ingliz va ispan) u yoki 
bu adabiy hodisalarning spetsifik xususiyatlari ochib berilsa, 
chog‘ishtirma metoddan foydalaniladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin