37-§. Jins tushunchasini ifoda etish shakli paydo b o ‘ladi: Umid
(a), Salim(a), Latif(a), T o‘rayeva Nazokat Hamidovna. “Yilning
eng faol jurnalisti - 2008”, “Hamma - hasharga”, “Dalada - ish
qizg‘in”, '‘Paxta - 2016”, “ Diqqat - bolalar” va h.
Yuqorida aytib o ‘tilganlardan shu narsa ayon bo‘ladiki,
muharrirlik mahoratini belgilovchi omillardan y a’ni komil tahrirchi
b o ‘lishning birinchi sharti, boshqacha aytganda, komillikning
birinchi
bosqichi, bu - adabiy nutq sohasi.
Vaholanki, hozirgi
o ‘zbek adabiy nutqi o ‘z rivoji tarixida qadimgi turkiy adabiy nutq,
eski o ‘zbek adabiy nutqi kabi rivojlanish bosqichlaridan o ‘tib
takomillashib kelgan.
Demak, komil tahrirchi b o iish n i istagan har bir muharrir yoki
matn tuzish, tahrir bilan shug‘ullanuvchi qadimgi turkiy adabiy
nutq leksikasi,uning yangi so‘z yasalishidagi
ichki imkoniyatlari
(xususan, unga xos yasovchi qo‘shimchalami) yaxshi bilishi,
bugungi kundagi adabiy nutqda qoMlanayotgan qadimgi turkiy
adabiy nutqqa xos termin (so‘z)larning tub m a’nosidan yaxshi
xabardor bo‘lishni talab etiladi. Bundan tashqari eski o ‘zbek adabiy
nutqi leksikasi, so‘z yasovchi qo‘shimchalari, yangi so‘z hosil
qilish usullari, umuman, o ‘z qatlamga oid
barcha til hodisalari va
ulam ing adabiy nutqni yuzaga kelishidagi ahamiyatini yaxshi
c'zlashtirishi kerak. Shuningdek, eski o ‘zbek adabiy nutqiga
boshqa qardosh va qardosh b o ‘lmagan tillardan o ‘zlashgan tennin
(so‘z)lar, so‘z yasovchi q o ‘shimchalar etimologik m a’nosidan
yaxshi xabardor b o ‘lishi lozim. Bundan tashqari ular bizning
adabiy nutqimizda qo‘llanishi o‘rinlimi yoki o‘rinsizmi, qay
darajada maqsadga muvofiqligini anglay bilishi kerak.
Nihoyat hozirgi o ‘zbek adabiy nutqi, uning fonetikasi,
leksikologiyasi, morfologiyasi va sintaksisidan chuqur bilimga ega
bo‘lishi shart. Vaholanki, hozirgi o ‘zbek adabiy nutqi ikki
o ‘tmishdoshiga nisbatan o ‘z lug'at tarkibining nihoyatda boyligi,
ya’ni so‘z yasalish va hosil b o ‘lish imkoniyati kengligi bilan ancha
farqlanadi. Uning lug‘at tarkibida arab, fors tillaridangina emas,
balki, Yevropa xalqlari adabiy nutqidan ilm, fan, texnika, san’at,
ta’lim, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, harbiy, adliya,
88
davlatchilik, iqtisod va boshqa sohalarga
oid kirib kclgan hamda
kelayotgan k o ‘plab termin (so‘z)lar uchraydi. Ulami adabiy nutqga
o^zlashtirish qay darajada maqbul ekanligini limiy asoslay olish
lozim. Bular barchasini chuqur anglash uchun adabiy nutq ilmini
puxta bilish shart.
Demak, komil tahrirchi boTish uchun birinchi bosqich --
o ‘zbek adabiy nutqi bosqichini mukammal o ‘tash lozim. Har bir
muharrir mahoratli tahrirchi bo‘lisbi uchun hozirgi o'zbek adabiy
nutqini tashkil etuvchi quyidagi b o ‘limlar b o ‘yicha
bilimlami
yaxshi o ‘zlashtirishi talab etiladi:
- hozirgi o ‘zbek adabiy nutqining yuzaga kelishi, tarixiy
taraqqiyot bosqichlari;
- hozirgi o ‘zbek adabiy nutqining tovush tizimi (fonetikasi);
- adabiy nutq asoslangan yozuv;
- adabiy nutqdagi to ‘g ‘ri yozish qoidalari;
- adabiy nutqdagi to ‘g ‘ri talaffuz;
- adabiy nutq so ‘z boyligi (lug‘at tarkibi);
- adabiy nutqdagi frazeologizmlar;
- umumiy, maxsus, taijirna lug‘atlar, o ‘z til lug'atlari;
- adabiy nutq morfemikasi;
- adabiy nutqda so‘z yasalishi;
- adabiy nutq morfologiyasi;
- adabiy nutqdagi so‘z turkumlari;
- adabiy nutqdagi k o ‘makchi, bog‘lovchi,
yuklamalar;
- adabiy nutqdagi tinish belgilar, u rg ‘u va bo‘g ‘in ko'chirish.
Yuqorida qayd etilganlar bo‘yicha puxta bilimga ega b o ‘lgach
muharrirlik mahoratiga ega b o ‘lishning ikkinchi bosqichiga
o‘tiladi. Agar birinchi bosqich b o ‘yicha bilimga toMiq ega
b o ‘linmasa, ikkinchi bosqichdagi bilimlami o ‘zlashtirish amri
mahol!
Dostları ilə paylaş: