Academic research in modern science



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix03.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106802
1   2   3   4   5   6   7
799067 (1)

Adabiyotlar sharhi 
Mamlakatda modernizatsiyalash darajasini ifodalaydigan mezonlar 
sifatida sanoat ishlab chiqarishi tarkibining takomillashuvi sanoat mahsuloti 


ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
50 
ishlab chiqarish va asosiy kapitalga investitsiyalar nisbati, eksport va import 
tovarlar tarkibining o’zgarishini ko’rsatish mumkin. 
O’zbekiston sanoatida ishlab chiqarish tarkibining takomillashuvi 
xo’jalikning energiya xomashyo tarmoqlari rivojlanishi hisobiga emas, balki 
mashinasozlik va metallsozlik sohasi ulushining keskin o’sishi barobarida 
kechdi. Bu iqtisodiy sektorlarining modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish 
jarayonlaridagi ijobiy holatlar hisoblanadi. Ammo shuni ham ta’kidlash joizki, 
o’tgan davr mobaynida qayta ishlash tarmoqlarida yengil sanoat ulushining 
pasayishi kuzatildi. Bu holat mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarish tarkibini 
takomillashtirishda hali barqaror ijobiy natijalarga erisha olganimizni, iqtisodiy 
o’sishda xomashyo yo’nalishining barham topmaganligini bildiradi. Biz, albatta, 
“kechikkan modernizatsiya”, “quvib boruvchi modernizatsiya” modellari 
yo’lidan bormasligimiz kerak. Bu modellar, odatda, sobiq mustamlaka va 
yarimmustamlaka, qoloq mamlakatlar tomonidan qo’llaniladi, ular o’z ichki 
imkoniyatlari hisobiga modernizatsiyalashni amalga oshirishga qodir emas. 
Bunday sharoitda modernizatsiyalashning Yevropa va AQSHda qaror topgan 
endogen tipini milliy zaminga o’zlashtirib ko’chirish samaraliroq, tajamliroq va 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
O’zbekiston uchun esa modernizatsiyaning endo-egzogen qo’shma tipi, 
ya’ni modernizatsiyalashning o’ziga tegishli, ichki imkoniyatlarga tayanib, shu 
bilan birga rivojlangan mamlakatlar tajriba va yordamidan foydalanib amalga 
oshirish samaraliroq bo’ladi. 
Mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik sur’atlari 
asosiy kapitalga investitsiyalar kiritishdan yuqoriroq. Ammo keyingi yillarda, 
ayniqsa, global moliyaviy inqirozgacha bo’lgan davrda investitsiyalarning o’sish 
sur’atlari sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdan ikki martadan ziyodroq 
yuqori. Hatto inqiroz davom etayotgan 2010-yilda ham, investitsiyalar sanoat 
mahsulotlariga qaraganda ko’proq o’sgan. 
Shunday qilib respublika milliy iqtisodiyotini shakillantirish va 
rivojlantirish modernizatsiya rivoji bilan chambarchas bog’liq. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin