Shunday qilib, bozor va davlat iqtisodiy sohada ijtimoiy xavfli
harakatlarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadigan tubdan
tuzatib bo‘lmaydigan kamchiliklarga (nomukammalliklarga) ega.
Bozor va davlatning tuzatib bo‘lmaydigan nomukammalligi
davlatning rolini haddan tashqari kuchaytirish sharoitida ham,
davlatni o‘ziga xos vazifalarini bajarishdan asossiz chiqarib tashlash
bilan ham kuchayadi.
Iqtisodiy tizimning chuqur xususiyatlari bilan bog‘liq asosiy
sabablar va sharoitlar bilan bir qatorda, xufyona iqtisodiy faoliyatning
sabablari majmui alohida mamlakatlar, sanoat, bozor, korxonalarning
iqtisodiy holatining yanada aniq sharoitlari bilan bog‘liq. Eng muhim
sabablarga quyidagilar kiradi:
1) moliya-kredit tizimini rivojlanishidagi nomuvofiqliklar;
2) iqtisodiyotni barterizatsiya qilish;
3) iqtisodiyotdagi tarkibiy nomutanosibliklar;
4) iqtisodiyotdagi monopolizm;
5) aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
6) ajratilgan annuitet miqdorining oshishi;
7) korxonalarning moliyaviy ahvoli yomonlashishi.
Dostları ilə paylaş: