xaridor avval hisoblaganiga qaraganda, ancha yuqori belgilashga
uringanda, xabar beruvchi bo‘lishi mumkin. Mazkur vaziyatlarda
sotuvchilar qamoqqa olinish ehtimolini kamaytirishga va tovarlarni
mutanosib bozorlarda belgilanganidan sezilarli ravishda past
narxlarda taklif qilgan holda o‘z foydasini ko‘paytirishga majbur
bo‘ladilar. D. Bevan, P. Koller va Dj. Ganning tadqiqotlari shu tariqa,
mutanosib bozorlar tadqiqotining yangi jihatini – ularning
“jozibadorligi” ni, potensial xaridorlar tomonidan nolegal
sotuvchilarni izlash qiyinchiliklarini tahlil qilishni ochadi. Albatta,
mutanosib bozorlarni o‘rganish jiddiy cheklanishlarga ega.
Noqonuniy faoliyat to‘g‘risidagi har qanday masala intervyuyer
uchun ma’lum risk bilan bog‘liq. Ko‘pgina vaziyatlarda
so‘ralayotganlar, masalan, ular mutanosib bozorlarda sotgan yoki
sotib olgan tovarlar miqdori, ular olgan yoki to‘lagan pullar summasi,
poralar, aniqlangan riskni kamaytirish usullari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni aniqlash mumkin bo‘lmasligi uchun qarshilik
ko‘rsatadilar. Bundan tashqari, agar respondentlar tadqiqotchiga
ishonchli axborotni xabar qilishni xohlasalar, mutanosib bozorlar
tabiatining o‘zi uni umumlashtirishni qiyinlashtiradi: sotilgan tovar
umumiy miqdorini baholash qiyin, chunki sotuvga juda ko‘plab
mayda sotuvchilar jalb qilingan. Bu sabablar tufayli iqtisodiy-
matematik
modellashtirish
sabablari
norasmiy
iqtisodiyot
nazariyasida boshqa iqtisodiy-huquqiy nazariyalar, masalan,
jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasi (economics of crime and
punishment) yoki mulkchilik huquqi iqtisodiyot nazariyasidagiga
(economics of property right) qaraganda, hali kuchsiz rivojlangan.
Neoinstitutsional yondoshuvlar norasmiy iqtisodiyotning yangi bir
butun paradigmasi shakllanishiga olib kelmadi. Zamonaviy g‘arb
adabiyotlarining tahlili ko‘rsatishicha, an’anaviy institutsionalizm
ko‘rinishidagi yondoshuvlar ayrim neoinstitutsional g‘oyalar bilan
yangilangan bo‘lsada, ustuvor tendensiya bo‘lib qolmoqda. Perulik
iqtisodchi Ernando de Sotoning konsepsiyasi “eski” va “yangi”
institutsionalizmning bunday sinteziga xarakterli misol bo‘lib, u
norasmiy iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi tasavvurlarda tubdan inqilob
yasadi.
Dostları ilə paylaş: