Membrana (lot. membrana — qobiq, parda) — 1)texnikada — berk
kontur (perimetr) boʻylab mahkamlangan yupqa yumshoq egiluvchan
plastinka. Turlicha bosimli ikki boʻshliqni yoki ayrim boʻshliq
(hajm)ni umumiy boʻshliq (hajm) dan ajratish, shuningdek, bosim
oʻzgarishlarini chiziqli siljishlarga va, aksincha, aylantirish uchun
moʻljallanadi. Metall (mas, folga, elinvar) va metallmas (rezina, mato
va boshqalar) xillari bor. M. elektr yoki mexanik tebranishlarni tovush
tebranishlariga va, aksincha, aylantirib beruvchi apparatlarning
tarkibiy qismi. U manometrlarsa sezgir element, nasos larda zichlash
qurilmasi sifatida, mikrofon, telefon va boshqa asboblarda ham
qoʻllanadi; 2) elastiklik nazariyasida — kontur boʻylab mahkamlangan
egiluvchan yupqa plastinka. Egilishga bikrligi nolga teng deb olinadi.
Osma tizimlarda koʻtaruvchi element sifatida foydalaniladi. Mas,
undan binoning osma yopmasi sifatida foydalanish mumkin. M.
choʻzilmaydi deb qabul qilinadi, egilishi esa konturning qandayligiga
qarab hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |