85
ish bilan bandlik va aholi daromadlari muammolarini yechishda yordam
beradi;
tovar va xizmat ko‘rsatish bozorini kengaytiradi;
yetarli darajada ishsizlikning o‘sishi va aholi turmush darajasini keskin
pasayib ketishi oldini oladi;
ko‘pchilikka qulay ish rejimini tanlashga imkon beradi.
Shuningdek, norasmiy sektor muayyan dolzarb ijtimoiy muammolarni keltirib
chiqaradi. Jumladan:
u jinoiy muhitning rivojlanishi uchun qo‘shimcha sharoitlar
yaratadi;
bu sektorda ish bilan band bo‘lganlar ijtimoiy kafolatlarga ega bo‘lmaydilar
va mehnat sharoitlari ustidan nazorat o‘rnatilmaydi;
norasmiy sektorning, asosan mayda savdo-sotiq, turli xil xizmatlar
ko‘rsatish sohasidagi bandlik xususiy shaxslarni qisman malaka va professional
tajribalarini yuqotishlariga olib keladi;
ish bilan bandlikning muntazam bo‘lmagan
xarakteri muntazam ishdan
uzoqlashtiradi.
Yuqoridagi holatlar pirovard natijada bu sektorda ish bilan band
bo‘lganlarning asosiy qismini, asosan yoshlarni malaka va tajribasidan ajralishiga
hamda lyumpenlashuviga olib boradi.
Shuningdek, norasmiy sektor:
taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning sifati ustidan nazoratni
qiyinlashtiradi. Bu hol iste‘mol chilar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi
mumkin;
davlat esa soliqqa tortiladigan daromadlarning yashirilishi natijasida
byudjetga tushishi mumkin bo‘lgan mablag‘larning ma‘lum qismini ola olmaydi.
Norasmiy ish bilan bandlik mavjud bo‘lgan mamlakatlar tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, bunday ish bilan bandlik rasmiy sektorda ishchi o‘rinlari
yaratilishi
bilan o‘z-o‘zidan yo‘qotilmaydi. Shuningdek, norasmiy sektorga nisbatan
86
ta‘qiqlovchi choralar qo‘llash ham o‘zini oqlamaydi. Norasmiy ish bilan
bandlikka nisbatan davlatning qattiq siyosati natijasida norasmiy sektorning
qisqarishi ishsizlikni birdaniga o‘sib ketishiga olib keladi. Chunki, norasmiy ish
bilan band bo‘lganlarning aksariyat qismi rasmiy
sektorda ishga joylasha
olmaydilar. Shuningdek, davlat tomonidan bunday siyosatning yuritilishi norasmiy
sektorda ikkilamchi ish bilan band bo‘lganlarning turmush darajasini birdaniga
pasaytirib yuboradi.
Bundan tashqari, norasmiy sektorni ta‘qiqlash uni jinoiy shaklga o‘tishiga
olib keladi. Norasmiy sektorni ta‘qiqlash choralari faqatgina norasmiy ish bilan
bandlikning salbiy tomonlariga nisbatan asosli hisoblanadi. Norasmiy sektorning
rivojlanishi ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
Ishsizlikning o‘sishi, ish haqining va aholi turmush darajasining pastligi, rasmiy
sektorda ishchi kuchiga etarli talabning yo‘qligi, rasmiy ish bilan bandlikning
beqarorligi norasmiy sektorning o‘sishiga olib keladi.
Bugungi kunda yashirin iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lgan xodimlarni
rasmiy ish bilan bandlikka o‘tkazish tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Ya‘ni, norasmiy
qonunan taqiqlanmagan mahsulot ishlab chiqarayotgan yoki xizmat ko‘rsatadigan
yakka tadbirkorlarni o‘zlari to‘laydigan soliq hisobidan pensiya jamg‘armasiga
to‘lov amalga oshirib, ular faoliyatlari mehnat daftarchalarida qayd qilinmoqda.
Norasmiy tarzda, og‘zaki kelishuv asosida ishlaydigan yollanma ishchilar
faoliyatini rasmiy ish bilan bandlikka o‘tkazish uchun ish beruvchi va yollanma
ishchi o‘rtasida tuziladigan kelishuv yozma shaklda mehnat muassasalari xodimlari
ishtirokida tuzilmoqda.
Dostları ilə paylaş: