79
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish
o‘rinlarini band qilib qo‘yish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan
shaxslarni ishga
joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi xodimlarining ro‘yxat
bo‘yicha o‘rtacha soni yigirma nafardan ko‘pni tashkil etadigan tashkilotlar uchun
belgilanadi.
Bunda nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida 3
foizi miqdorida ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi va band qilib qo‘yiladi.
Band qilib qo‘yilayotgan ish o‘rinlarining jami miqdori mahalliy davlat hokimiyati
organi qaroriga muvofiq tashkilot xodimlari ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha sonining 7
foizidan ortiq miqdorda belgilanishi mumkin emas.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish
o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risidagi takliflar tuman (shahar) bandlikka
ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish markazi tomonidan
shakllantiriladi va tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar bo‘yicha
alohida tegishli qaror qabul qilish uchun mahalliy davlat hokimiyati organiga
kiritiladi.
Aniq tashkilot uchun ish o‘rinlarini band qilish bo‘yicha
takliflar kiritishda
bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar)
markazlari tomonidan tashkilotdagi ishlarning kasb bo‘yicha tarkibi va tashkilot
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari majburiy tartibda hisobga olinishi kerak.
Nogironlar uchun ish o‘rinlarini band qilish miqdorini belgilash to‘g‘risida
takliflar kiritishda nogironlarni reabilitastiya qilish dasturlari parametrlari hisobga
olinadi.
Band qilinishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari sonini va ularga qo‘yiladigan
talablarni belgilash uchun mahalliy davlat hokimiyati
organi tomonidan tuman
(shahar) hokimining o‘rinbosari boshchilik qiladigan maxsus komissiya tuziladi.
80
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning
mazkur
toifalariga, shu jumladan, quyidagilar uchun qo‘yiladigan
xarakterli
talablarga muvofiq bo‘lgan mehnat sharoitlarini ta‘minlaydigan ish o‘rni tashkil
etilgan ish o‘rni hisoblanadi (5.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: