Abdullayeva saboxat xamidjon qizi



Yüklə 18,82 Kb.
tarix27.04.2022
ölçüsü18,82 Kb.
#56465
3.1 SABOHAT


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTI

Qo‘lyozma huquqida

UDK: ******

ABDULLAYEVA SABOXAT XAMIDJON QIZI

BOSHLANG‘ICH SINFDARDA MASALA YЕCHISH ORQALI IJODIY TAFAKKURLARINI RIVOJLANTIRISH

5A 111 701 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)

Pedagogika yo‘nalishi magistr darajasini olish uchun yozilgan

DISSЕRTATSIYA

Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Dadaxon Farxodovich

pedagogika fanlari buyicha falsafa doktori, (PhD) katta uqituvchi
Farg‘ona – 2023 yil

Mavzu: Boshlang’ich sinflarda masala yechish orqali ijodiy tafakkurni rivojlantirish

Kirish

I bob Masala yechish orqali ijodiy tafakkurini rivojlantirishning mazmuni va metodlari



1.1 O’quvchilarning masalalar yechish orqali ijodiy tafakkurini rivojlantirish jarayoning hozirgi holati.

1.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish jarayonini o’rganilganligi.

1.3 Boshlang’ich sinfda ijdiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik asoslari.

I bob bo’yicha xulosalar.

II bob Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematik masalalar vositasida ijodiy tafakkurni rivojlantirish metodikasi.

2.1 Matematika darslarida ijodiy tafakkurni rivojlantirish shartlarining didaktik kompleksini amaliyotda qo’llash yo’llari

2.2 O’quvchilarning matematika vositasida ijodiy tafakkurini rivojlantirish uchun topshiriqlar tizimi.

2.3 Matematika darslarida o’quvchilar ijodiy tafakkurining rivojlanish vositalari.

II bob bo’yicha xulosalar.
III bob Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o’tkazish .

3.1 O’quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo’yicha tajriba-sinov ishlarining mazmuni.

3.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo’yicha tajriba-sinov natijalarining matematik statistik tahlili va samaradorlik darajasi.

III bob bo’yicha xulosalar.

Xulosa

Foydalaniilgan adabiyotlar



III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH

3.1. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish

Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy asoslariga tayangan holda tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Eksperiment empirik metod sifatida pedagogika va psixologiya fanlarida keng qo‘llaniladi. Pedagogikaga doir ko‘plab tadqiqotlarda ilmiy tadqiqotning asosiy metodi sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, pedagogik tadqiqotlarning shakllantiruvchi – muammoni hal etishning yangi, samarali usullarini sinovdan o‘tkazish bosqichida keng qo‘llaniladi. Bizning tadqiqotimizda tabiiy shakllantiruvchi tajribalardan keng foydalanildi. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun dastlab aniqlangan pedagogik shart-sharoitlar asosida jarayonni tashkil etishning zaruriy vositalari belgilab olindi.

Amaliy tajriba ishlarining ma’lum maqsad va unga muvofiq belgilangan vazifalar asosida tashkil etilishi quyidagi holatlarni yuzaga keltirdi: tajriba-sinov ishlarining aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi; o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga doir metodik ishlanmalardan samarali foydalanish; tajriba-sinov ishlarini olib borishga sarflanayotgan vaqtdan unumli foydalanish; kutilayotgan natijani oldindan bashorat qilish; aniq natijani qo‘lga kiritish; tajriba-sinov ishlarining yuqori darajadagi samaradorligining ta’minlanishi.

Tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda amalga oshirildi:

1. Asoslovchi tajriba bosqichida o‘quvchilarni ijodiy tafakkurini rivojlantirishning mavjud holatini aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan ishlash jarayonini kuzatish, suhbat, anketa so‘rovlari kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yo‘nalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot mavzusiga oid yetakchi olimlar, pedagoglarning ilmiy ishlari tahlil qilindi.

2. Shakllantiruvchi tajriba bosqichida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular ishtirokida mashg‘ulotlarni o‘tkazish, suhbat va anketa so‘rovi kabi metodlar yordamida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik ta’sir hamda mustaqil faoliyatni yo‘lga qo‘yish asosida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga katta ahamiyat qaratildi. Nazariy tadqiqotlar natijasida aniqlangan ilmiy yechimlar loyiha ta’lim texnologiyasi va o‘quv portfoliosini yaratishda amaliy qo‘llanildi hamda ular asosida tajriba-sinov mashg‘ulotlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar qatorida o‘quvchilarning loyihaviy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashga doir ishlarga alohida ahamiyat qaratildi.

3. Ta’kidlovchi tajriba bosqichida o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirish darajasining holati aniqlandi. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish samaradorligini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlarni mustahkamlash hamda kamchiliklarni bartaraf etishga doir ko‘rsatmalar, tavsiyalar, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlanganlik darajasini baholash uchun mezonlar ishlab chiqildi. Shakllantiruvchi tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi, tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etildi. Tajriba-sinov ishlari jarayonida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishilganligi matematik-statistik metodlar hamda xolis ekspertlar tomonidan baholash orqali tasdiqlandi.

Tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli kechishi quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligi hisobiga ta’minlandi: o‘quvchilar bilan ishlashga doir metodik shart-sharoitlarning yaratilganligi; umumiy o‘rta ta’lim maktablarining intellektual laboratoriyaga egaligi; ta’lim jarayonida zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish; o‘quvchilarni mustaqil-izlanishli faoliyatga jalb etishga e’tiborning qaratilganligi; o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish bilan ishlashga doir elektron-didaktik ta’minotning ishlab chiqilganligi; o‘quvchilar bilan ishlashda kreativ salohiyatga ega pedagoglarning jalb etilganligi; boshlang‘ich sinf o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga texnologik yondashuvning qaror topganligi; o‘quvchilarning internet texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga egaliklari va hokazolar.

Shuningdek, tajriba-sinov ishlari davomida tadqiqot ob’ekti sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilar tanlanganligi sababli qo‘llanilgan metodlar quyidagicha guruhlandi:

1) o‘quvchi shaxsini o‘rganishga xizmat qiluvchi metodlar – so‘rovnomalar, anketalar, testlar;

2) proyektiv metodlar – testli, shaxslararo munosabatni o‘rganuvchi, pedagogik va ijtimoiy muammoli vaziyatlarni tahlil qiluvchi;

3) “Men” konseptsiyasi – o‘zini-o‘zi kuzatish, o‘zini-o‘zi o‘rganish, o‘zini-o‘zi tavsiflash, o‘zini-o‘zi baholash, o‘z-o‘ziga hisobot berish, o‘zini-o‘zi tahlil etish.

O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda, ayniqsa, quyidagi metodlardan foydalanishga e’tibor kuchaytirildi: 1) ob’ektli testlar; 2) ob’ektli so‘rovnomalar; 3) sotsiometrik (shaxsni, guruhlarni, xususan, o‘quvchilar hamda o‘quvchilar bilan munosabatlar jarayonini o‘rganish) metodlari.

Shuningdek, tadqiqot natijalarini umumlashtirish va guruhlashda ko‘rgazmali axborot metodikasidan foydalanildi. Uning yordamida quyidagi vazifalar hal qilindi: 1) o‘qituvchi, sinf rahbari, ota-onalar va o‘quvchilarning e’tiboriga havola etilgan savollarga qaytargan javoblarini umumlashtirish; 2) tajriba-sinov ishlari bosqichlari, yakuniy ko‘rsatkichlar hamda asoslovchi, oraliq va yakuniy tajriba-sinov ishlari natijalarini ifodalovchi jadvallarni tahlil qilish, qiyoslash, taqqoslash asosida nazorat va tajriba guruhlari natijalarini statistik tahlil etish.

Quyida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlanganligi samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish davrida qo‘llanilgan metodlardan ayrimlarining amaliy ahamiyati va qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritiladi:

1. Pedagogik kuzatuv metodi – o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlanganlik darajasini o‘rganish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beruvchi pedagogik omillarni aniqlash maqsadida qo‘llanildi. Ushbu metodni qo‘llash orqali o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolar aniqlandi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.

2. Anketa metodi – bu metod ham o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish masalasiga qay darajada e’tibor qaratilayotganligini o‘rganish, bu borada samaradorlikka erishishni kafolatlovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligini aniqlash, o‘quvchilarning intellektual darajasini baholash maqsadida qo‘llanildi.

Tajriba-sinov davrida ochiq anketalardan foydalanildi. Buning sababi tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan o‘qituvchi va o‘quvchilardan muammo yechimini topishda ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘proq olishdan iborat bo‘ldi. Anketa ikki bosqichda, ya’ni ta’kidlovchi va yakunlovchi tajriba-sinov davrida qo‘llanildi. Har ikki bosqich natijalari o‘zaro qiyosiy tahlil etilib, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlanganlik darajasi va tajriba-sinov ishlarining samaradorligi aniqlandi.

3. Suhbat metodi – bu metod ham anketa metodi kabi tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega ma’lumotlarni to‘plash maqsadida qo‘llanildi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, anketa metodi bir qator afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga ayrim cheklovlar ham mavjud. Masalan, anketa metodidan foydalanishda tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan o‘quvchilar ularga berilgan savollarga noxolis, noto‘g‘ri javob qaytarishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida olinadigan ma’lumotlarning ishonchli bo‘lmasligi va pedagogik nuqtai nazardan asoslanmasligiga olib keladi.

Shu sababli anketa so‘rovlarining bevosita davomi, to‘ldiruvchisi sifatida suhbat metodidan foydalanish tajriba-sinov ishlarini yetarli darajada tashkil etilishini ta’minladi.

4. Intervyu metodi ham bir qator afzalliklarga egaligi sababli tajriba-sinov ishlarini olib borishda undan unumli foydalanildi. Intervyu metodini qo‘llashda tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan o‘quvchilarga qo‘shimcha savollar berish orqali muammoning mohiyati ochildi, ko‘zlangan maqsadga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar to‘plandi.

Intervyu, asosan, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga oid maxsus metodikani amaliyotga joriy etishdan oldin va keyin uyushtirildi. Bu esa tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga qaratilgan maxsus metodikaning samaradorligini bevosita baholab borish imkonini berdi.

5. Pedagogik tajriba metodi – tadqiq etilayotgan muammoning ijobiy hal etilishiga yo‘naltirilgan faoliyatning yaxlit tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda mazkur metoddan foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi va tajriba-sinov ishlarini olib borishda bu metod bevosita qo‘llanildi.

6. Interfaol metodlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘quv faolliklarini kuchaytirish, ularda izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqish va ehtiyojni yuzaga keltirish hamda ularni yanada mustahkamlash, o‘quvchilarda o‘z-o‘zini tahlil, nazorat va baholash qobiliyatlarini oshirish maqsadida qo‘llanildi. Ushbu metodlar tadbirlarning qiziqarli o‘tishini ta’minlash bilan birga bo‘lajak o‘qituvchilarni ijodiy, erkin fikrlashga undadi.

7. Matematik-statistik metod (Styudent metodi). Pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida matematik-statistik metod o‘ziga xos o‘rin tutadi. Zero, tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash orqali tadqiqotning natijalari to‘g‘risida yakuniy xulosaga kelishda matematik-statistik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlash jarayonida quyidagi kamchiliklarning mavjudligi kuzatildi:

- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlashga ustuvor o‘rin ajratilmasligi;

- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishning metodologik asoslari maxsus o‘rganilmasligi;

- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlashda izchillik hamda kompleks yondashuvga amal qilinmasligi;

- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlashda istiqbolning tahlil qilinmasligi;

- milliy va umuminsoniy, madaniy-tarixiy, intellektual, ma’naviy, estetik hamda badiiy qadriyatlar asosida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish jarayoni mazmunini yangilashga e’tibor qaratilmaganligi;

- bo‘lajak o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy asoslarini o‘zlashtirish va uni pedagogik amaliyotga tatbiq etishga ahamiyat qaratilmasligi kabilar.

Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z kasbiy faoliyati jarayonida o‘quvchilarni qay tarzda bilim olishga jalb etish, ular faoliyati natijalarini tashxislash va tahlil qilish tajribasiga ega emaslar. Shu bilan bir qatorda bo‘lajak o‘qituvchilarda muloqotga kirishuvchanlik ko‘nikmalari yetarlicha shakllantirilmagan. Ular o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy asoslari, mexanizmlarini puxta o‘zlashtirmaganliklari ayon bo‘ldi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlash amaliyotida nafaqat ilmiy-asoslangan nazariy-pedagogik, balki bu jarayonning nazariy-amaliy (uning xususiyatlari, tomonlari, maqsadga intiluvchanligi, kasbiy-shaxsiy mezonlari, natijalarini tahlil qilish) asoslari yetarlicha yoritilmagan.

Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlash jarayoni mazmunini modifikatsiyalashtirishga o‘qituvchilar tuzilishli-mazmunli tizimga ega bo‘lmay, ikkilanib ishonchsiz (unda emotsional-psixologik, motivatsiyali, idrok etish, shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi, intellektual-ijodiy, faoliyatli, ijtimoiy-tarbiyaviy, o‘ziga baho berish hamda o‘zini takomillashtirish muhim komponentlari bo‘lishi kerak) munosabatda bo‘ladi.

Pedagogikadagi yangi yondashuvlar, innovatsion usullar, metodlar, vositalar, yangi texnologiyalar, shu jumladan, o‘quvchilar bilan auditoriyadan tashqarida ishlash metodikalarining eng samarali shakllari, ilg‘or metodlarini izlash, o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yetarlicha faollashmagan.

Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishning ustuvor jihatlaridan bo‘lajak o‘qituvchilar yetarlicha xabardor emaslar. Ular o‘quv dasturlari mazmunini to‘liq bilmaydilar. Pedagogik amaliyot jarayonida ular an’anaviy usul va metodlardan foydalanish, avtoritar ish uslubini qo‘llashni ma’qul ko‘radilar.

Shu bilan bir qatorda bo‘lajak o‘qituvchilarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayonlarga yetarlicha tayyorlash tizimi mavjud emas. Ular tarbiyaviy jarayonlarni yo‘naltiruvchi omillari, izchilligi, yaxlitliligi va o‘zaro aloqadorligi, insonparvarlik uslubiga ega bo‘lishi, tamoyillari, pedagogik shart-sharoitlari, ijtimoiy-pedagogik yo‘nalishlari haqidagi bilim va tasavvurlarga yetarlicha ega emaslar.

O‘quvchilardagi qobiliyatlarning namoyon bo‘lish darajalari va uni aniqlash tartiblari to‘g‘risidagi ilmiy qarashlarni tahlil etish asosida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish mezonlari aniqlashtirildi: ijobiy emotsional tasavvurlarlarga egalik; ijodiy qiziqish, bilishga intilish; mustaqillik; qaror qabul qilish; o‘zining kuch va imkoniyatlariga ishonch; aniq maqsadga yo‘nalganlik; emotsionallik; muammoni ko‘ra olish; alternativ (muqobil) fikrlash; divergent fikrlash; fikrning aniqligi; xotiraning assotsiativligi; idrok etishning yaxlitligi va mustaqilligi; ijodiy fikrlash; o‘z-o‘zini baholash darajasi; tolerantlik; intuitsiyaning rivojlanganlik darajasi.

Mazkur mezonlarga asoslangan holda ularni shartli ravishda to‘rt – motivatsion, emotsional, intellektual-bilishga doir, amaliy guruhlarga tasniflash asosida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlanganligining quyi, o‘rta va yuqori daraja ko‘rsatkichlari aniqlashtirildi.

O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish dinamikasining past darajasi o‘quv-tadqiqotchilikka doir faoliyat jarayonida qiziqishlarning yorqin namoyon bo‘lmasligi, ijodiy faoliyatga mas’uliyatli va barqaror munosabatning qaror topmaganligi, shaxslararo munosabatda qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, izlanish-tadqiqotchilikka doir faoliyatda qiyinchiliklarga duch kelishi, kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, ijodiy kompetensiyalarning shakllanmaganligi bilan tavsiflandi.

O‘rta daraja – o‘quv-tadqiqotchilikka doir faoliyat jarayonida qiziqishlarning sustligi, ijodiy faoliyatga mas’uliyatli va barqaror munosabatning vaziyat bilan bog‘liqlikda o‘zgarib turishi, shaxslararo munosabatda qadriyatli munosabat interiorizatsiyasining to‘liq anglanmaganligi, izlanish-tadqiqotchilikka doir faoliyatda unchalik murakkab bo‘lmagan vaziyatlarni bartaraf etishda qiyinchiliklarga duch kelishi, kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, ijodiy kompetensiyalarning qisman shakllanganligida namoyon bo‘ldi.



Yuqori daraja – o‘quv-tadqiqotchilikka doir faoliyatga qadriyatli munosabatning qaror topganligi, ijtimoiy va bilish faolligining yuqori darajasi, ichki bilish motivlarining shakllanganligi, kognitiv va ijtimoiy tavsifdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qobiliyatlilik, izlanishli-tadqiqotchilikka doir topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondashuvning namoyon bo‘lishi, umumta’limiy kompetensiyalarning to‘liq shakllanganligi kabi jihatlarda o‘z aksini topdi.
Yüklə 18,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin