Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" asariga taqriz



Yüklə 183,01 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.05.2023
ölçüsü183,01 Kb.
#113694
O\'tgan kunlar



Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” 
asariga taqriz.
 
O'zbek adabiyotidagi birinchi 
roman "O'tkan kunlar" tarixiy voqei 
asar bo´lib, XX asrning birinchi yarmida 
yozilgan. Roman Xonlik davrlarini, ya'ni 
XIX asrning ikkinchi yarimlaridagi 
voqealarni yoritib beradi. Asosan, biz 
qanday 
qilib 
mustaqilligimizni 
yo'qotganimiz haqida ma'lumot beradi. 
Bu 
ma'lumotlar, 
asar 
bosh 
qahramonlari bo'lgan Otabek va 
Kumushning muhabbati orqasidan 
yuzaga 
keladigan 
muammolar 
yordamida, butun bir davlatning chirkin 
muhiti ochib beriladi. Umuman, bu asar 
har bir o'quvchisiga vatan nima, xalq 
nima, uni sevish nima bilan bo'ladi kabi savollar beradi. Bu asarlar har 
bir insonni uyg'otishga bo'lgan chaqiriqlar sirasidandir. Asar qahramoni, 
Yusufbek hojining qipchoqqa qirg'in oldidan, va keyindan aytgan 
achchiq nutqi har bir kitobxonni chuqur sukutga soladi, hatto Yusufbek 
hoji bilan birgalikda yig'laydi. Yusufbek hoji tomonidan aytilayotgan 
nutq, bu Abdulla Qodiriyning nutqidir. U alamli satrlar har bir 
o'quvchiga ta'sir etmay qolmaydi. Birinchi galda aytishimiz mumkinki, 
Abdulla Qodiriyni bunday asar yozishga nima majbur qildi? Tabiiki, u 
bu bilan o'zining o'limini belgilab bergandi. Lekin nega shuni bilsada, 
u baribir bu asarni yozishga majbur bo'ldi? Birinchidan, o'zligini toboro
yo'qotib, rus millatiga mostlashib borayotgan xalqni ko'rish, o'zligini 
tanigan, ziyoli odamga og'ir edi. Ikkinchidan, bizning buyuk tariximiz 
chiqitga chiqib ketayotgani, uchinchidan, ilmsizlik, qoloqlik, jamiyatda 
toboro avj olayotgani, bir so'z bilan aytganda, ruslarning soyasiga 
aylanib borayotganimiz va hklar... adibni qog'oz qoralashga majbur 


etdi. Adib, asarni tarixdan boshlagani ham bejiz emas, "mana biz bir 
paytlar mustaqil edik, mustaqil davlatimiz bor edi, bizning qul 
bo'lishimizga, mana shu kabi ahmoqlar sababchi bo'ldi", kabilarni 
ko'rsatmoqda. Mabodo, asar yozilmaganda nima bo'lardi? 50-60% 
shaxs o'zini rus deb e'lon qilishi va shu bilan faxrlanishi ham 
ehtimoldan yiroq emas edi, asar esa ana shunday fikrlarga qo'llanilgan 
sanksiya sifatida yaratildi. 
O'zbek romanchiligida birinchi yaratilgan asarni, "O'tkan kunlar"ni 
qanchalar maqtab aytsakda, buning ham o'ziga yarasha tarixi bor. 
Jumladan, asarning birinchi bobi oxiriga mualif tomonidan yozilgan 
izohda taxminan shunday deyiladi: " sizga ro'man deb taqdim qilingan 
bu narsa dunyoga kelishi bilanoq baxtsizlikka uchray boshlag'an edi. 
Besh yillab bosilmay yotdi. Nihoyat, bu kun bosilishi muyassar 
bo'lg'anida ham turlik zarbalarga uchradi. Imlosi uch-to'rtta 
imlochilarimjz tomonidan tuzatilib, ajoyib bir quroq holiga keldi", ushbu 
vaqt, besh yil, bu bizga juda kam vaqtdek tuyulishi mumkin, lekin bu 
o'sha davrda juda katta vaqt edi. Nafaqat, o'sha davrda balki hozir 
ham besh yil katta vaqt. Bitta asarning bosilishi uchun besh yil kutish, 
o'sha davrda ijod qilish qanchalar murakkab ekanligini shundan ham 
bilsak bo'ladi. Shukurki, adiblarimizning ushbu mehnati oradan yillar 
o'tib o'z qadr-qiymatini yana qayta tikladi. Bu asarlar bizga o'zligimizni 
tanishimizda, millat rivoji uchun qay darajada kuch sarflashimiz va 
hklarni o'rgatdi, o'rgatadi, lekin baribir ham ba'zi bir bukirilar ham 
uchrab turadi, zero guruch kurtmaksiz bo'lmas. 
Asarda majoziy ma'nolar ko'plab uchrab turadi. Asar umuman 
o'zbeklarning hayot tarzini yoritib beradi. Buni asarning bosh 
qahramoni bo'lmish Otabekning onasi - O'zbek oyimda ko'rishimiz 
mumkin. O'zbek oyim barcha sodda o'zbek onalari singari, u ham 
ko'hna bit'atlarga ishonadi, fol-u va yana bir narsalarga sig'inadi va 
ulardan najot kutadi, O'zbeklarning asil tasviri. Agar ushbu qahramonni 
chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, asarning oxiriga e'tibor qaratamiz: 
Yusufbek hoji elga osh berdi, O'zbek oyim qora kiyib aza ochdi. Bu 


yerda aynan butun o'zbeklar hayoti haqida gap ketmoqda, ya'ni 
o'zbeklar o'z erkini, o'zligini qabrga ko'mib, aza ochdi kabi. Umuman 
O'zbek oyim obrazi butun sodda o'zbek xalqining timsoli bo'lib keladi. 
Kumush timsolida O'rta Osiyo go'zaligi jam bo'lgan. Negaki, aynan 
Kumushning o'limi ham, uning chiroyi ham, aqli ham bir majoziy 
ma'noni ifoda etadi, o'limini ham biz, o'zimiz qildik, ya'ni ilmsizlik, 
loqaydlik va hklar, bular Zaynabda jo bo'lgandi. Uning go'zalligi esa 
mamlakat go'zalligi edi, lekin ruslar uni yo'q qildi, (mening fikrimcha) 
bu yerda zahar ruslar, uni bergan va tayyorlagan esa o'zimiz edik. 
Kumush o'lgan vaqtda, hijriy 1269-yilda O'rta Osiyoga ruslarning 
birinchi hamlasi boshlangan bo'ladi. Ular tomonidan Toshkentning 
chegarasida joylashgan Oqmachit qal'asi bosib olinadi, bu O'rta Osiyo 
go'zalligiga "zahar" tushganidan darak berardi. Xullas, asar umuman 
bizning o'zligimizni tanitadi. Bizga ruh, kuch beradi, vatanni qadrlashni 
o'rgatadi. Xullas, shunaqa... 
"-Kim yig'latdi sizni? 
-Yig'labmanmi? 
-Ko'zingiz, kiprikingiz.... 
-O'zi shunaqa..." 
"O'tkan kunlar" romanidan
Javobni qarang! "O'zi shunaqa" emish! Yurakni sindirib soladigan 
javob bu! Otabekning dunyosini ostin-ustin qiladigan javob bu! Shu 
ikkitagina so'zga osmonga yetgulik dod-u faryodlar cho'kib turibdi! 
"Bundan keyin shundoq qiyofada yashash menga qismat endi", degani 
bu. "Siz tufayli diydasi giryonlar safiga qo'shildim", degani bu. 
"Yuzimning oftobi so'ndi, bundan buyon meni ko'z yoshlarim dengizidan 
topaverasiz endi", degani bu! 
"Rizolik izlab" Tursunoy Sodiqova. 
Asarlarda qo'llanilgan ma'joziy ma'nolarni, ko'pincha qabul 
qilmayman, sababi ularni foydasiz deb bilaman. Lekin men asarda 


qo'llanilgan ma'joziy ma'nolarni, o'z bilganimcha aytib chiqdim. Men 
aytgan fikrlar, ma'joziy ma'nolar mualifning hayoliga kelganmi 
kelmaganmi, bu yog'i biz uchun qorong'u, u faqat bor qahramonlari 
bilan davlat parokandalik sabablarinj aytib o'tmoqda. Men bo'lsam, 
o'zimnjng fikrimga o'zim qarshi chiqib, ma'joziy ma'nolarni sanab 
o'tdim, biroq... balki to'g'ridir... 


Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” 
asaridan fottolavhalar



Yüklə 183,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin