64
Jigar qurti haqida
nimalarni bilasiz?
Nerv sistemasi
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
____________
Jinsiy sistema
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
__
Ayirish sistemasi
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
______________
__
Ovqat hazm
qilish sistemasi
______________
______________
______________
______________
______________
______________
_____________
2. Quyidagi jadvalni to’ldiring.
2-ish. Jigar qurtining ko’payishini o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi:
Jigar qurtining ko’payish bosqichlarini
o’rganish.
Jihozlar:
Mikroskoplar, tayyor preparatlar, tarqatma materiallar.
Uslub:
Guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotni bajarish:
Jigar qurtining lichinkalari – mirasidiy, rediya, serkariyalarning bo’yalgan
tayyor mikropreparatlarini mikroskopning katta va kichik obyektlari orqali kuzatib,
ularning tuzilishi va bir biridan farq qilishi o’rganiladi.
Mashg’ulot haqida ma’lumot:
Jigar qurtining tuxumlari qalin po’st bilan o’ralgan bo’lib, 0,13 – 0,15 mm
uzunlikda bo’ladi. Fasiola tuxumlari uning
tanasidan chiqqanidan keyin
xo’jayinning jigaridan o’t yo’llariga o’tib, undan ichakka o’tadi, undan tashqi
muhitga chiqadi. Bu vaqt davomida unda lichinka rivojlanadi.
Bunday
tuxumlardan suvga tushganida va qulay sharoit yaratilganidagina mirasidiy
chiqadi. Mirasidiy ustini qoplab olgan kipriklari bilan suzib yuradi.
Uning bosh
tomonida «X» shaklida ikkita «ko’zcha» si bor bo’lib, ular yorug’likni sezish
uchun xizmat qiladi.
Miratsidiy ovqatlanmaydi, balki embrion taraqqiyoti davomida yig’ilgan
glikogen hisobiga yashaydi. Suvda 30-40 soat davomida suzib yurganidan so’ng u
tanasining oldingi tomonida joylashgan xartumchasi yordamida mollyuska tanasini
teshib unga kirib oladi. Odatda miratsidiy jigar qurtining oraliq xo’jayini
bo’ladigan qorin oyoqli mollyuskalarning jigari yoki
jinsiy bezlarida joylashib
oladi. Mollyuska tanasida miratsidiy o’z kiprikchalarini yo’qotib, noaniq shakldagi
harakatsiz sporasistaga aylanadi. Bularning har bittasidan rediyalar yetishadi.
65
Rediyalar -harakatchan, ularda og’iz, xaltasimon ichak rivojlangan bo’ladi.
Ularning tanasida navbatdagi lichinka – serkariyalar rivojlana boshlaydi.
Lekin
rediyalarning tanasida ikkilamchi rediyalar ham rivojlanishi mumkin.
Serkariyalar rediyani va oraliq xo’jayin mollyuskaning tanasidan tashqariga
chiqadi. Unda og’iz va qorin so’rg’ichlari, ikki shoxchali ichak ancha
rivojlangan
bo’ladi. Serkariyalar tanasining keyingi uchidagi dumi yordamida suvda suzib
yuradi. Keyin ular suv havzasi qirg’oqlaridagi o’tlarga o’tirib oladi,
dumi uzilib
tushadi, usti qalin po’st bilan qoplanadi va adolaskariyaga aylanadi.
Adolaskariyada ham og’iz va qorin so’rg’ichlari, ikki shoxchalik ichak
rivojlangan bo’ladi. Bular jigar qurti uchun oxirgi xo’jayin bo’lib xizmat qiluvchi
o’txo’r hayvonlar o’simlik bilan birga yemagunlariga qadar tabiatda saqlanadi.
Odamlarga esa adolaskariya mavjud bo’lgan
suv havzalaridan suv ichgan
paytlarida yuqadi.
Dostları ilə paylaş: