6
Din va xurofot hukm so‘rgan O‘rta asrlarda tabiatni o‘rganish qat’iyan man
etilib, ilm-fan namoyandalari esa ta’qib ostiga olindi.
Ana shu sababli zoologiya
fanining rivojlanishi batamom to‘xtab qoldi, Aristotel va Gay Pliniy ishlari unutib
yuborildi.
XIV-XV asrlarga kelib ilm-fan taraqqiyotining markazi G‘arbiy Evropaga
ko‘chdi. Bu davrda barcha tabiiy fanlar, shu jumladan zoologiya soxasida xam
muhim kashfiyotlar qilindi.
Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan va boshqa
bir qancha sayyohlarning dengizlar osha sayohatlari natijasida ilgari noma’lum
bo‘lgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Dunyoning turli burchaklaridan yig‘ib
keltirilgan behisob materiallarni sistemaga solish va umumlashtirish zarur edi.
Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist E.Gesnerning (1516-1565) 17
jildli “Hayvonlar tarixi” asari paydo bo‘ladi. Asar ko‘p jihatdan sodda yozilgan va
unda noaniq ma’lumotlar ko‘p bo‘lsada, eng qadimiy ensiklopedik manba
hisoblanadi.
Zoologiya fanining taraqqiy etishida XVII asrda mikroskopning ixtiro etilishi
beqiyos katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Golland olimi Levenguk (1632-1723) “Mik-
roskop yordamida ochilgan tabiat sirlari” kitobi bilan ko‘z ilg‘amas
hayvonlar
dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M.Malpigi (1628-1694) umurtqali hayvonlar
qon aylanish sistemasi kapillyarlari va ayrish organlarini, hayvonlar terisining
mikroskopik tuzilishini tasvirladi.
Angliyalik U.Garvey (1578-1657) odamning qon aylanish sistemasini birinchi
bo‘lib tushuntirib berdi. Lekin o‘sha davrda olimlar o‘rtasida jinsiy hujayralar va
murtakda bo‘lajak organizmning barcha organlari tayyor holda turadi degan
metafizik tushuncha xukmron edi.
Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to‘g‘risidagi ta’limot XVIII asrda
paydo bo‘ldi. Bu ta’limotning negizini shved olimi K.Linney (1707-1778)
ishlari
tashkil etadi. Uning “Tabiat sistemasi” asarida tur, ypyg‘, turkum va sinf kabi
sistematik kategoriyalar asoslab beriladi. Olim turni ypyg‘ va tur nomi bilan
atashni taklif etishi bilan binar nomenklaturaga asos soldi. K.Linney
hayvonot
dunyosini sutemizuvchilar, qushlar, parrandalar, baliqlar,
hasharotlar va
7
chuvalchanglar sinfiga ajratadi. Lekin, Linney «
turli sistematik guruxlar o‘rtasida
xech qanday bog‘lanish yo‘q
» degan fikrni himoya qilib chiqqan.
K.Linney zamondoshi fransuz olimi J.Byuffon (1707-1768) o‘sha davrgacha
zoologiya soxasida ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlarni umumlashtiruvchi 36
jildli “Tabiat tarixi” asarini yaratdi. Asarda u birinchi bo‘lib turlarni o‘zgarishi
to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi.
XIX asr boshlarida fransuz olimi J.Kyuve (1769-1832) paleontologik
qazilmalarga asoslanib,
qadimda yashagan, lekin hozir kirilib ketgan hayvonlar
xususida ma’lumot beradi. U organizmning bir butunligi va turli organlarning
o‘zaro bog‘langanligiga asoslanib, o‘zining organlar korrelyatsiyasi to‘g‘risida
ilmiy g‘oyasini ilgari surdi. J.Kyuve zoologiya faniga tip tushunchasini kiritadi. U
hayvonot dunyosini to‘rt tip: umurtqalilar (
Dostları ilə paylaş: