402
to’g’risida hukumat qarorlari, uslubiy ko’rsatmalar, korxona hisob siyosati va
boshqa asoslar mavjudligi aniqlanadi. Shuningdek, qayta baholash bo’yicha
bajarilgan hisob-kitoblar to’g’riligi (har bir analitik hisob ob’ekti bo’yicha), qayta
baholash natijalarining tegishli analitik hisob registrlarida aks ettirilishi va
schyotlar bog’lanishi (provodkalar) to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va boshqa xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda yaratilgan zahira kapitalining mavjudligi va o’zgarishi 8520-«Zahira
kapitali» schyoti ma’lumotlari bo’yicha tekshiriladi. Bunda auditor, zahira
kapitalini shakllantirishga doir O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari
va ta’sis hujjatlarining tegishli qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi.
Zahira kapitaliga foydadan ajratmalar, uning korxona ta’sis hujjatlarida
ko’zda tutilgan korxona ustav kapitalining 10 % etmaguncha ajratilaveradi.
Auditor ushbu kapitalning to’g’ri tashkil etilishi va to’ldirilib borilishini
tekshirishda ajratmalar hisobiga yaratilgan zahira kapitali ustav kapitalining 10%
dan oshmaganligi, mulklar (asosiy vositalar)ni qayta baholashda hosil bo’lgan
inflyatsion zahiralarning hammasi
8531-schyot
kreditiga olib borilganligini
aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: