86
Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki
uchinchi shaxsga bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning
(moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida
ifoda etadi.
Jamiyat manfaatlari yo’lida hamma auditorlar va auditorlik tashkilotlari
audit qilinayotgan tashkilot va uchinchi shaxslardan mustaqil bo’lishi zarur.
Auditorlik tashkilotining obro’si. Auditorlar o’z faoliyatlarida auditorlik
tashkiloti va uning xodimlari obro’sini oshiribgina qolmasdan, ushbu sohada
muomalaning umumqabul qilingan etika me’yorlari ham hisoblanuvchi qator
nuqtai nazarlar va asosiy tamoyillarga ham rioya qilishlari lozim. Bunday
tamoyillarga vijdonlilik va kasb muomalasi kiradi.
Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z
qobiliyatidan tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini
ko’zda tutadi. Bunda auditorning o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda
bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati sifatida qabul qilinmasligi
lozim.
Auditorning kasb etikasi muomalaning ana shu bir nechta qoidalari bilan
tugamaydi. Kasb muomalasi tamomila auditor faoliyatining hamma sohasiga
taalluqlidir. Etika va uning intizomiy ta’sir etishi ularning faoliyatini o’zini-o’zi
boshqarish hisoblanadi. Auditorlar boshqa shaxslar manfaatlarini hamisha esda
tutishlari zarur. Ularni hal qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, texnik tafsilotlarni
hisobga olib, muammo mohiyati haqida eslashi lozim.
Auditorlar uchun o’z kasblarining boshqa odamlarga ta’sir etish ruhini
anglab etish va uni baholay olish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: