A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Energetikani ekologizasiyalash tadbirlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə143/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Energetikani ekologizasiyalash tadbirlari. 
Ma‘lumotlarga ko`ra
yaqin kelajakda jahon energobalansida issiqlik elektr stansiyalari etakchi
o`rinni egallab turadi. Organik yoqilg`ilarning yangi-yangi zaxiralari
topilayotganligi ular hali beri o`z o`rnini boshqa energiya tashuvchilarga
bo`shatmasligidan darak beradi. Shuning uchun ham IES larda
bajariladigan ekologik tadbirlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlar
servotexnologiyani rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, ular asosan
quyidagilardan iborat:



253
1. Changgaztutgich qurilmalarining quvvatini oshirish va ularning


sifat ko`rsatkichini yaxshilash. Hozirgi vaqtda AQSH va Yaponiyaning
ba‘zi issiqlik elektr stansiyalarida oltingugurt angidridi, azot oksidi va
boshqa zararli aralashmalarni to`liq tutib qolib, zararsizlantirishga
erishilgan. Buning uchun maxsus desulfurasion (oltingugurt II va III
oksidini
zararsizlantirish)
va
denitrifikasion
(azot
oksidlarini
zararsizlantirish) qurilmalar o`rnatilib ishga tushirilgan;
2. Tabiiy gaz zaxiralari yetarli bo`lgan hududlarda IES larni gaz
yoqilg`isiga o`tkazish. O`zbekistonning IES larida yonilg`ining 80 %
tabiiy gaz, qolganini toshko`mir va mazut tashkil qiladi.
3. Yonish jarayoniga qo`shimcha havo oqimi yuborish bilan yonish
effektini oshirish. Bunda havoga chiqadigan qurum va boshqa qattiq
chiqindilar miqdori kamayadi.
4. IES larda ishlatilgan suvning 95 % isigan va turli mahsulotlar bilan
ifloslangan oqava xolida chiqariladi. Bu oqavalarni tozalab, ish jarayoniga
qaytarish.
5. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko`proq ekologik toza energo-
tashuvchilardan
foydalanish.
Bular
qatoriga
vodorod
yoqilg`isidan foydalanish, shamol elektr stansiyalari, quyosh fotoelektrik
stansiyalari tizimini kengaytirish va shu kabi ishlar kiradi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin