A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
 


16 
1.3 Avtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish 
 
Avtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish - samaradorlikni oshirish
ya’ni ishlab chiqarish resurslaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish va 
ishlar sifatiga qo’yilgan talablarga rioya qilgan holda, qo’yilgan vazifalarni 
rejada belgilangan muddatlarda bajarishga erishish maqsadida ishlab 
chiqiladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. 
Chora-tadbirlar majmuiga ko’p hollarda oqimli (potok) bo’ladigan 
qurilishni aniqlash va amalga oshirish usuli, odatda, pudrat usulida ishlaydigan 
brigadalar tarkibini aniqlash, mashinalar soni va ularning qurilish jarayonidagi 
ishtirokini, ya’ni ularning makon va vaqtda mosligini hisoblab chiqish kiradi. 
Ishlab chiqarish masalalarini hal qilish qurilishni tashkillashtirishni 
tartibga soladigan asosiy hujjatlar, shuningdek, moliyaviy ta’minot, kadrlar 
masalasi, quruvchilar jamoasining maishiy masalalari (turar joy, ovqatlanish
ishchilarni ish joyiga yetkazish), ob’ektlardagi doimiy va vaqtinchalik ishlarga 
ishchilarni joylashtirish, ularning dam olishi va boshqa ijtimoiy masalalarning 
hal qilinishidan iborat. 
Avtomobil yo’li qurilishi bo’yicha ishlarni tashkillashtirish murakkab 
hisoblanadi va qator hollarda elektron-hisoblash mashinalarini qo’llashni talab 
etadi. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid ishlar katta hajmdagi materiallarning 
sarflanishini talab qiladigan ishlarga kiritilib, bunda ko’p materiallarni nafaqat 
avtomobil transporti, balki boshqa turdagi transportda ham yuzlab va minglab 
kilometr masofalarga tashib keltirish zarur bo’ladi. 
Materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni zavodlar hamda liniyalarga o’z 
vaqtida yetkazib berish, barcha ishlab chiqarish va yordamchi, ayniqsa, 
transport va liniya bo’linmalaridagi aniq ishlar loyihalashtrilgandek qurilishni 
tashkillashtirish va ishlarni tejamli bajarishni ta’minlaydi. AQShda har qanday 
ishlab chiqarish faoliyatining asosiga qisqagina “aniq vaqtida” talabi qo’yiladi, 


17 
chunki bu har qanday ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ishlarni 
tashkillashtirishning asosiy talabidir. 
Avtomobil yo’llari qurilishiga oid barcha ish turlari ularni 
tashkillashtirish xususiyatlari, qo’llaniladigan vositalar va maqsadiga ko’ra 
tayyorlash, transport va qurilish-montaj ishlariga bo’linadi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin