33-
dars
. WEB-FREELANCE SAYTLARI BILAN TANISHISH
Upwork (https://www.upwork.com/) bulutli global freelance platformasi bo‘lib, bugungi kundagi
eng katta ish qidiruvchilar jamg‘armasi hisoblanadi. U — freelancerlar uchun o‘z xizmatlarini
sotadigan va yuqori darajadagi narxlarni taklif etadigan bozor. Turli daraja va yo‘nalishlar
bo‘yicha ko‘plab buyurtmalar beriladi. Iqtidorli, bilimli shaxs o‘z ishini ko‘rsata olsa bo‘lgani –
internet orqali daromad topishda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Sotuvchilarni xaridor bilan
samarali bog‘laydigan web-sayt bo‘lib, faqat qonuniy ish beruvchilar uchun ishlash va eng yaxshi
bitimlarni ta’minlash imkonini beradi. Xizmatga bepul ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Shuningdek,
oson hisob-kitob, ilovalar bilan aloqa kanallari, oson va xavfsiz to‘lovlar mavjud.
UPWORK SAYTI
SMM MARKETINGNI YURITUVCHI MUTAXASSISLAR:
– ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklarni joylashtirish, auditoriya va reklama kompaniyalarini
boshqarish;
– brendni ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqarish, xizmat va mahsulotlarni samarali reklama
qilish, mahsulot yoki xizmatlar haqida PR maqolalar yozish;
– budjetni rejalashtirish;
– tovar, xizmat yoki mahsulotga sodiq bo‘lgan maqsadli auditoriyani ko‘paytirish;
– salbiy fikrlarning oldini olish, kompaniyaning ijobiy imijini mustahkamlash;
– YouTube kanallari uchun videoroliklar tayyorlash va ommalashtirishning barchasi SMMni
yurituvchi mutaxassislar zimmasiga yuklatiladi.
Freelance saytlari
Saytlar mustaqil shaxslarga freelancerlikni boshlashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan
erkin xizmat bozori hisoblanadi. Ushbu bozor turli kasb egalari, jumladan, yozuvchi, dasturchi,
grafik rassom va boshqalarga xizmat ko‘rsatadi.
102
VI BOB.
WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISH
Freelancer.com freelance xizmat bozori platformasi bo‘lib, xaridor va
sotuvchilarni bir joyga yig‘ish uchun qurilgan. Bu platforma mutaxassis,
ijodkor va texniklarni qo‘llab-quvvatlab, ularga xizmatlarni oson sotish
imkonini beradi. Ushbu platforma yordamida ma’lumotlarni kiritish,
dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, yozish, marketing, buxgalteriya va
muhandislik kabi loyihalarda qatnashish mumkin. Upwork saytiga
o‘xshash, ammo dizayn bilan birga dasturchilikka ham alohida
(ba’zan bir-biriga bog‘liq holda) e’tibor beriladigan tarmoq. Ham dizayn, ham dasturchilik
bo‘yicha qobiliyatli, bilimli kishilar uchun ajoyib tarmoq. Freelancer uchun narx rejalari juda
moslashuvchan bo‘lib, tizim oylik va yillik obuna paketlarida taqdim etiladi. Shuningdek, xavfsiz
va ishonchli to‘lovlar, jarayonni oson kuzatib borish, profildagi ma’lumotlar yordamida yaxshi
loyihalarni qo‘lga kiritish mumkin.
FREELANCER.COM SAYTI
Internet orqali daromad topish uchun, eng avvalo, iqtidorli hamda yaxshi bilimga ega bo‘lish
zarur. Ta’lim-tarbiyasiz uzoq manzilni ko‘zlab bo‘lmaydi. Shuning uchun maktab davridanoq
yaxshi bilim olishga intilish kerak!
Internet orqali daromad topishda ingliz tili muhim rol o‘ynaydi. Ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan
inson uchun barcha yo‘llar ochiq. Imkon qadar barcha mavzularni yaxshi o‘zlashtirib, puxta
bilim, kompetensiyalarga ega bo‘ling. Olgan bilimlaringiz asosida shaxsiy hayotingizni yaxshilash
uchun qo‘shimcha daromad olish o‘z qo‘lingizda!
|