Kasrni o‘rgatish metodikasi “Ulushlar” mavzusiga asoslangan holda, kasrlarning hosil bo‘lishi 3-sinfda
tanishtiriladi. Bunda ko‘rgazmali qurol bilim berishning bosh mezoni bo‘ladi.
Narsalarni, shakllarni teng bo‘laklarga bo‘lish va bo‘laklardan bittasini, ikkitasini,
uchtasini,… olish masalasi, uni ifodalash va yozish asosiy vazifa bo‘ladi. Bunda
kasr, kasrning surati, maxraji kabi atamalar bilan tanishtirilib o‘tiladi.
Kasrlarni yozishda, ular ustida amallar bajarishda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: Chiziq ostida yozilgan son kasrning maxraji deyilib, butun narsa nechaga
teng bo‘linishini ifodalaydi. Kasrning ustida yozilgan son kasrning surati deyilib,
teng qismlardan qanchasi olinganini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinfda maxraji 10 dan
katta bo‘lmagan kasrlar qaraladi.
Kasrlarga oid masalalar va ularning yechimlari Bundan keyin kasrlarni maydaroq ulushlarga maydalash va yiriklashga doir
masalalar qaraladi. Masalan, sonning kasrini topishga doir masalalarni yechishda 3-
sinfda o‘rganilgan sonning ulushini topish masalasi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Masala. Uzunligi 10 cm bo‘lgan kesma chizilgan, 3/5 qismi necha cmga teng? Uzunligi 10 cm bolgan kesma chiziladi va uning 1/5 ulushini bilib olamiz.
I-----I-----I-----I-----I-----I
10:5=2 cm, so‘ngra kesmaning 3/5 qismini topishda 2*3=6 cm ishni bajaradi, yoki
birdaniga 10:5*3=6 cm deb bajarish mumkin.
Masala. Daftar 24 betlik, o‘quvchi daftarning 5/8 qismini to‘ldiradi. Daftarning necha beti yozilmay qoldi? Masala shartining qisqacha sharti
quyidagicha:
Bor edi – 24 bet
Yozildi- 5/8 qismi
Qoldi-? bet
I----I----I----I----I----I----I----I----I
Yechish: masalani yechishda kesma tasvirdan foydalanamiz. Kesmani 24 bet deb
olib, uni 8 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz va uning 5 qismini ajratamiz.
‘ yozilmadi.
Umumiy ifoda ko‘rinishida 24-24:8*5=9 bet.
4-sinf darsligida berilgan sonning kasrini topishga ba’zi masalalarni
yechishda katta, murakkab ifodalar hosil bo‘ladi.
Bunday masalalarning yechimlarini amallarni bajarish yordamida ifodalash kerak
bo‘ladi. Masalan: o‘ramda 240 m sim bor edi. Shu simning 5/8 qismi ishlatildi. Qolganidan necha metr ortiq sim ishlatilgan? Yechimning ifoda ko‘rinishidagi yozuvini quyidagicha bajaramiz:
1)
240:8*5=150 m
2) 240-150=90 m
3) 150-90=60 m
2-usul: 1) (240-240:8*5)=90
2) 150-90=60 m
Kasr tushunchasini shakllantirish har xil predmetlarni teng qismlarga bo‘lishdan
boshlanadi, bu predmetrlarning har birini biz bir butun deb qaraymiz.