Kortikosteroidlar qatoriga 40 ga yaqin pregnan skeletli
birikmalar kiritiladi. Ikki guruhga bo’linadi. Birinchisi uglevod
almashinuvini
boshqaruvchi
gormonlar(kortizol
qatori)
–
glyukokortikoidlar deb ataladi. Ikkinchisi suv va ion almashinuvini
boshqaruvchi moddalar(aldosteron qatori) – mineralokortikoidlar deb
ataladi. 1927-40 yillar keng va chuqur o’rganilgan. Qora mollarning
205
buyrak usti bezidan ajratib olinadi(bir boshdan 100mg) yoki
sintezlanadi.
HO
O
OH
CHO
O
OH
H
H
H
HO
O
OH
O
OH
H
H
H
kortizol aldosteron
Yurak glikozidlari nomi bilan kardiotonik ta’sirga ega bo’lgan
bir guruh steroid glikozidlari ataladi. Ular o’simlik va hayvon
organizmida uchraydi. Yurak mushagini faoliyatini yaxshilaydi.
Kimyoviy tuzilishi nuqtai nazaridan ular tarkibida steroid skeletidan
tashqari to’yinmagan besh a’zoli(kardenolid) yoki olti a’zoli
(bufadienolid), to’yinmagan lakton halqalarini saqlaydi. Bundan
tashqari uchinchi holat bo’yicha bir nechta qand halqalarini kiritadi.
Ekdizon va hasharotlar gormonlari . 1954 yili
Butenandt pilla
qurtidan
-ekdizon gormonini ajratib olgan (500 kg pilladan 25 mg
modda). Hasharotlar tullashini(metamorfoz) boshqaradi. Keyinchalik
o’xshash moddalar o’simliklar tarkibidan ham ajratib olingan.
O
HO
OH
OH
H
H
HO
H
OH
H
-ekdizon
Ekdizonlar o’simliklar tarkibidan ham ajratib olingan, masalan,
Raponticum integrifolium dan olingan ekdisteron (
-ekdizon) tibbiyot
amaliyotida kuchli adaptogen sifatida qo’llanadi.