169
Kimyoviy xossalari
C-O va O-H bog’larining reaksion
qobiliyati bilan bevosita bog’liq: ishqorlar
bilan fenolyatlar hosil
qiladi. Ammiak bilan qizdirilganda aromatik aminlar hosil bo’ladi.
Gidroksil guruhi soniga ko’ra bir, ikki, uch va ko’p atomli
fenollar uchraydi. Ikki atomli fenollardan pirokatexin, rezorsin va
gidroxinon izomerlar ma’lum :
OH
OH
OH
OH
OH
OH
pirokatexin rezorsin gidroxinon
Uch atomli fenollardan pirogallol, floroglyusin, oksigidroxinon
o’rganilgan:
OH
OH
OH
OH
OH
OH
HO
HO
OH
pirogallol floroglyusin oksigidroxinon
Fenolning bu oddiy hosilalari o’simlik
tarkibida deyarli
uchramaydilar. Gidroxinon bulardan istisno tariqasida glikozid
holatida nokning bargi va urug’ida aniqlangan.
Fenollarning
asosiy
fiziologik
xossasi
– antiseptik,
dezinfektsiyalovchi xossadir. Galogen va
tarmoqlanmagan radikallar
bunday ta’sirni orttiradi. Alkil zanjiri uzayganda ham xossa ortadi. 2-
lamchi va 3-lamchi radikallar ta’sirni pasaytiradi. Ikkinchi 0H
170
guruhi kiritilishi antiseptik ta’sirni pasaytiradi. Fenollarni
eterifikatsiya hosilalarida(efirlarda) zaharlilik xossasi kamayadi.
Dostları ilə paylaş: