Bu muammo bilan o’z davrida faylasuf askar, grek matematigi Papi Aleksandriyskiy,
keyinchalik fruntsuz faylasufi va matematigi R.Dexretler shug’ullanib, evristik metodlar universal
metoddir, degan xulosaga keldilar.
Ilg’or metod sifatida uni Yan Amos Komenskiy ta’lim tizimiga kiritish zarurligini uqtirgan.
U evristik usuldan ta’lim jarayonida foydalaniladi, shaxsning o’ylashi, ijodiy fikr yuritishi
zamirida turli yangiliklarni yaratuvchi shaxs tarbiyalanadi, deb ta’rif beradi.
Rus pedagogi P.K.Konterev – xalq ta’lim maktablarida evristik ta’lim metodlarini keng
qo’llash ijodiy fikr yurituvchi shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi, degan fikrni ilgari surdi.
Evristik ta’lim metodining keng tarqalishi bizga XX asrning ikkinchi yarmidan kela
boshlagan.Ayniqsa, o’quv jarayonigia kibernetikaning kirib kelishi, ilmiy izlanuvchanlik,
ijodkorlik, yangiliklar yaratishning oshishi munosabati bilan ta’lim jarayonida keng qo’llashni
talab etadi.
Hozir fanda evristika yo’nalishi ham rivojlanmoqda. Biror yangilik yaratish g’oyasi ilgari
surilgandan keyin yangi ixtiyoriy harakat dasturi tuziladi. Shu vaziyatdan chiqish yoki
jadallashtirish uchun yangicha ijodiy, nostandart fikrlash orqali yangilik yaratiladi.
Fikrlash jarayoni analiz, sintez, umumlashtirish orqali ayrim operatsiyalar ketma – ketlikda
yangicha yondashuv orqali yechiladi, hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: