9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə1/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari


9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari.
Reja:

  1. Yer planetasining zonallik va azonallik qonuniyatlari.

  2. Yer yuzasida tuproqlarning tarqalishi.

  3. O‘zbekistonning tuproq resurslari va ulardan foydalanish.

  4. Tuproqlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish.

Tabiatda tuproqlar xilma hilligi uning geografik joylashuvi va tabiiy sharoitlarning farqlanishi orqali kelib chiqqan. Ularning tarqalish qonuniyatlari bilan Tuproqshunoslikning maxsus bo‘limi – Tuproqlar geografiyasi shug‘ullanadi. U tuproqlarning zonallik ta’limoti, tuproqlarning balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalish qonuniyatlari, tuproq-bioiqlimmiy fasiyalar, tuproq qatlamining tuzilishiga oid ta’limotiga asoslanadi. Mazkur qonuniyatlarga binoan tuproqlar geografiyasi qonunlari shakllantirilgandir:

Tuproqlarning gorizontal (kengliklar bo‘yicha) tarqalish qonuni 1898 yil rus tadqiqotchisi V.V.Dokuchayevim tomonidan ishlab chiqilgan. Unga muvofiq tuproq tiplari Yer planetasida kenglik kamarlari bo‘yicha tarqalgan (9.1.1-rasm).
Tuproqlar shimoliy va janubiy qutbdan ekvatorga borish tomon iqlim poyaslariga muvofiq ravishda zonal tarqalib boradi, degan g‘oya o‘zgardi. Keyinchalik mazkur qonun doimo ham azonallik qonuniga bo‘ysinmasligi isbot qilindi. Chunki ushbu qonun okean oqimlari va tog‘larning orografik joylashuviga qarab azonal qonuniyatlar asosida tarqalishi mumkinligi isbot qilib berildi. Shuning uchun ham “kenglik” so‘zi o‘rniga “gorizontallik” so‘zi qo‘llanila boshlandi. Natijada 2 va 3-qonunlar amalga tadbiq etildi, ya’ni tuproqning fasiyaviylik qonuni va tuproqlarning balandlik mintaqalanish qonuni. Unda bioiqlimiy sharoitlarni inobatga olgan tarzda tuproq-biokiqlimiy oblastlar shakllantirildi. Tuproqlarning fasiyaviyligi qonuniga bo‘ysingan tarzda zonlar ichida tuproq provinsiyalari ajratildi. Bunda akademik I.P. Gerasimovning xizmati katta bo‘ldi.
Topografik qatorlarning birxillik qonuni 1927 yil prof. S.A. Zaxarovim tomonidan kiritildi. Muayyan bir zonal tuproqlarda relyef elementining namoyon etishiga qarab o‘xshash tuproqlar shakllanadi yoki uning aksi. Balandliklarda aftomorf, pastqamliklarda esa gidromorf yoki yarimgidromorf tuproqlarning paydo bo‘lish jarayoni ketadi. Bu qonun





Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin