kuchayadi. Eritropoezni
erkaklar jinsiy gormonlari
kuchaytiradi. Qonda
eritrotsitlar ko’payib ketganda hosil bo’luvchi modda
eritropoez ingibitori
eritropoezni tormozlaydi. Shuningdek,
ayollar jinsiy garmonlari
(estrogenlar) va
keylonlar
ham eritropoezni tormozlaydilar. Simpatik nerv tizimi eritropoezni
kuchaytiradi, parasimpatik esa tormozlaydi. Nerv va endokrin tizimlar eritropoezga
eritropoetin orqali ta’sir ko’rsatadi.
Eritrotsitlarning parchalanishi jigarda, taloqda va suyak ko’migida
mononukleor fagotsitar sistema ta’sirida amalga oshadi. Eritrotsitlar emirilishidan
hosil bo’lgan moddalar eritropoezni kuchaytiradi.
Leykotsitlar.
Leykotsitlar, yoki oq kon tanachalari yadrosi bor, kattaligi 8
dan 20 mkm gacha bo’ladi.
Katta yoshdagi odamlar periferik qonida leykotsitlar miqdori 4,0-9,0x10
9
l,
yoki 1 mkl konda 4000-9000 ni tashkil qiladi. Miqdorining ortib ketishi
leykotsitoz
va kamayib ketishi
leykopeniya
deyiladi. Fiziologik va patologik (reaktiv)
leykotsitoz bo’lishi mumkin. Fiziologik leykotsitozda qonning qayta taksimlanishi
kuzatiladi va leykotsitlar miqdori ko’pga ortmaydi. Fiziologik leykotsitoz
ovqatlangandan sung, jismoniy ish paytida,
emotsional
qo’zg’alganda,
homiladorlik paytida kuzatiladi. Patologik leykotsitozda periferik qonga etilmagan
leykotsitlar chiqarib yuboriladi va bu leykotsitlar to’la shakllanib bo’lmaganligi
tufayli o’z funktsiyalarini bajara olmaydilar, ya’ni organizmni patogen
bakteriylardan ximoya qila olmaydi. Leykopeniya radioaktiv fon ortganda va
ayrim farmokologik dorilar ta’sirida kelib chiqadi. Leykopeniya ayrim yuqumli
kasalliklarda (sepsis, miliar tuberkulez) ham kuzatiladi. Leykopeniyada
organizmning bakteriyalardan himoyalanish xossasi susayadi.
Leykotsitlar tuzilishiga karab ikkita katta guruhga bo’linadi:
donachali
yoki
granulotsitlar
va
donachasiz
yoki
agranulotsitlar
. Donachali leykotsitlar
neytrofillar
,
eozinofillar
va
bazofillar
, donachasiz leykotsitlar–
limfotsitlar
va
monotsitlar
dan iborat. Qanday bo’yoq bilan bo’yalishiga qarab granulotsitlarga
nom berilgan: eozinofillar kislotali bo’yoq (eozin), bazofillar ishqoriy bo’yoq
(gematoksilin) bilan bo’yaladilar, neytrofillar esa har ikala bo’yoq bilan ham
bo’yalaveradi. Etilganlik darajasiga qarab metamielotsit (yosh), tayoqcha yadroli
va segment yadroli neytrofillarga bo’linadi.
Sog’lom odam leykotsitar formulasi (% da)
Dostları ilə paylaş: