81. Gametogenez haqida ma’lumot bering?


Biriktiruvchi to’qima haqida ma’lumot bering?



Yüklə 38,32 Kb.
səhifə5/10
tarix08.08.2023
ölçüsü38,32 Kb.
#138903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
JDPU 240 TALIK DASTUR savoli javob 81-100

89. Biriktiruvchi to’qima haqida ma’lumot bering?
Biriktiruvchi toʻqima — odam va hayvonlarda mezenximaaan rivojlanadigan toʻqimalar guruhi. Organizmda trofik, himoya, plastik va mexanik funksiyalarni bajaradi. Xususiy, togʻay va suyak Biriktiruvchi toʻqima lari farq qilinadi. Xususiy Biriktiruvchi toʻqima koʻpincha trofik, himoya va plastik funksiyalarni, togʻay Biriktiruvchi toʻqima esa mexanik funksiyani bajaradi; u xondroblast va xondrotsitlar, hujayraaro modda hamda kollagen va elastik tolalardan iborat. Xususiy Biriktiruvchi toʻqima zich va gʻovak Biriktiruvchi toʻqima ga boʻlinadi. Gʻovak Biriktiruvchi toʻqima terini muskullarga biriktirib, aʼzolar orasini tuldirib turadi, shilliq va seroz pardalarning Biriktiruvchi toʻqima li qavatini hosil qiladi. Uning hujayrali tarkibida fibroblastlar, gistiotsitlar makrofaglar, semiz hujayralar — labrotsitlar, plazmatik hujayralar — plazmatsitlar, yogʻ hujayralari — lipotsitlar, retikulyar hujayralar, qisqartiruvchi hujayralar — peritsitlar, xromatoforlar, endotelial hujayralar ajratiladi. Zich Biriktiruvchi toʻqima shakllangan va shakllanmagan boʻladi. Shakllanmagani teri asosini yoki uning toʻr qavatini tashkil etadi. Shakllangan zich Biriktiruvchi toʻqima tolali tuzilmalarning tartibli joylashishi bilan ajralib turadi; baʼzi aʼzolar (koʻz oqi, teri, fassiya) da ular oʻrim boʻlib joylashsa, boshqalarida (boylamlar, paylarda) parallel joylashadi. Shakllangan zich Biriktiruvchi toʻqima dan tomirlar, bronxlar va boshqa tuzilmalar devorini hosil qiladigan elastik toʻqimalar ham tashkil topadi. Suyak Biriktiruvchi toʻqima dan odam va umurtqali hayvonlar skeletk tashkil topadi.
Suyak toʻqima osteoblastlar, osteotsitlar va osteoklastlardan iborat. Hujayraaro modda kollagen tolalardan tuzilgan boʻlib, tarkibida koʻpgina mineral tuzlar bor.
90. Orqa miya va uning funksiyalari ?
Orqa miya (lot. medulla spinalis) nerv toʻqimasidan tuzilgan uzun, nozik, naysimon tuzilma boʻlib, miya ustunidagi uzunchoq miyadan umurtqa pogʻonasining bel sohasigacha davom etadi. U miya suyuqligini saqlovchi umurtqa pogʻonasining markaziy kanalini qamrab oladi. Miya va orqa miya birgalikda markaziy nerv sistemasi (MNS)ni tashkil qiladi. Odamlarda, orqa miya ensa suyagida boshlanadi, katta teshikdan oʻtib boʻyin umurtqalari boshlanishida orqa miya kanaliga kiradi. Orqa miya pastga qarab birinchi va ikkinchi bel umurtqalari oraligʻigacha kengayib boradi va shu yerda tugaydi. Oʻrab turuvchi suyakli umurtqa pogʻonasi nisbatan qisqa orqa miyani himoya qilib turadi. U erkaklarda tahminan 45 sm va ayollarda tahminan 43 sm uzunlikda. Orqa miyaning diametri boʻyin va bel sohalaridagi 13 mm dan, koʻkrak sohasidagi 6,4 mm gacha oʻzgarib turadi.
Orqa miya nerv signallarini harakatlantiruvchi poʻstloqdan tanaga va sezuvchi neyronlarning afferent tolalaridan sezuvchi poʻstloqqa oʻtkazish vazifasini bajaradi. U shuningdek koʻplab reflexlar uchun koordinatsiyalovchi markaz va reflekslarni mustaqil boshqara oluvchi reflex yoylari saqlaydi.[1] U yana markaziy pattern generatorlari nomi bilan ma’lum boʻlgan nerv halqalarini hosil qiluvchi spinal interneyronlar guruhlarining joylashgan joyi hamdir. Bu halqalar yurish kabi ritmik harakatlar boshqariluvi uchun javobgar.

Yüklə 38,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin