8-Mavzu: Shaxs rivojlanishning asosiy qonuniyatlari


Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 23,71 Kb.
səhifə3/4
tarix13.05.2023
ölçüsü23,71 Kb.
#113221
1   2   3   4
8-mavzu. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan

Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy)va psixologik xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim.
SHuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi: Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr.
2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha bo‘lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) – 7 yoshdan 11–12 yoshgacha.
5. O‘rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) – 12–17 yosh.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:
– go‘daklik (1 yoshgacha);
– ilk yosh (1–2 yosh);
– ilk yosh guruhi (2–3 yosh);
– kichik yosh (3–4 yosh);
– o‘rta yosh (4–5 yosh);
– katta yosh (5–6 yosh);
– maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta'lim).

Yüklə 23,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin