8 Ma'ruza. Tarmoq bog'lanishlari: “Kliyent- server” dasturlash modeli. Reja


Kommutasiyalash usullari, ularning avzalliklari va kamchiliklari



Yüklə 229,71 Kb.
səhifə5/9
tarix20.11.2023
ölçüsü229,71 Kb.
#162412
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kommutasiyalash usullari, ularning avzalliklari va kamchiliklari
Tarmoq yadrosini tashkil etishga ikkita kanallarni kommutasiyalash va paketlarni kommutasiyalash fundamental yondashishlar mavjud. Kanallarni kommutasiyalashda butun tarmoq yo'lida zarur resurslarni (buferlar, chastotalar diapazonlari) aloqa seansi vaqtiga zahiralashtirish bo'lib o'tadi. Paketlarni kommutasiyalashda resurslar zarurat bo'lganida so'raladi va talab bo'yicha ajratiladi. Ba'zan bir necha xabarlar bir vaqtda aloqa liniyasidan foydalanishga urinishi mumkin, shuning uchun xabarlar navbatini tashkil etishga zarurat vujudga keladi.
Kanallar kommutasiyalanadigan tarmoqlarga misol telefon tarmoqlari hisoblanadi. Bir abonentga boshqa abonentga ma'lumotlarni uzatish zarurati vujudga kelganidan nima bo'lishini ko'rib chiqamiz. So'zlashuvni boshlashdan oldin qabul qiluvchi va uzatuvchi tomonlar orasida bog'lanishni o'rnatish zarur. Mantiqiy bog'lanishdan farqli ravishda ko'rib chiqiladigan bog'lanish "mavjud, haqiqiy" hisoblanadi, ya'ni abonentlar orasidagi yo'lda yotadigan barcha kanallar aloqa holatida bo'ladi. Telefoniya tilida bunday bog'lanish kommutasiyalash deyiladi. Kommutasiyalashda bog'lanishning barcha vqtiga o'zgarmas uzatish chastotasi o'rnatiladi. Bu telefon tarmoqlarida standart chastotalar polosasining ishlatilishi tufayli mumkin bo'ladi.
Zamonaviy Internet, aksincha, paketlar kommutasiyalanadigan turdagi tarmoq hisoblanadi. Uzatilishida paket ko'plab kanallar orqali o'tadi, lekin bunda chastotalar polosasini hech qanday zahiralashtirish bo'lib o'tmaydi. Qandaydir kanal o'ta yuklanganida paket navbatda uni bo'shashini kutishga majbur bo'ladi. Shunday qilib, tezkorlik nuqtai nazaridan Internet paketlarni maksimal intilish bilan etkazishga urinsada, etkazilishi vaqti kafolatlanmagan. Har bir telekommunikasion tarmoqni birday kanallar kommutasiyalanadigan tarmoqlarga yoki paketlar kommutasiyalangan tarmoqlarga kiritish mumkin bo'lmaydi. Masalan, asinxron uzatish rejimini ishlatadigan tarmoqlar (Asynchronous Transfer Mode, ATM) shunday tashkil etilganki, ulardagi resurslarni zahiralashtirish xabarlar navbatlarini tashkil etish bilan birga ishlatiladi. Shunga qaramay, kompyuter tarmoqlarini kanallar kommutasiyalanadigan va paketlar kommutasiyalangan tarmoqlarga bo'lish telekommunikasion tarmoqlarni o'rganish uchun qulay "jo'natish nuqtasi" hisoblanadi.

Yüklə 229,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin