Ular haqida quyida tanishamiz.
Birinchi (umumiy hisobda uchinchi) visseral yoy har tomondan bir juft tog’aydan tashkil topgan.
Tog’ayli baliqlarda ustki tog’ay yuqorigi jag’ vazifasini bajaradi. Bu tanglay-kvadrat tog’ayi.
Jag’ yoyining ostki yarmi – pastki jag’ ham juft Mekkel tog’ayidan iborat. Suyak skeletli
hayvonlarda birlamchi jag’ning ustki yarmi yoki tanglay-kvadrat suyagi vazifasini o’tovchi
suyaklar funksiyasini yo’qotadi va miya qutisi asosi tarkibiga kiradi. Ikkinchi (umumiy hisobda
to’rtinchi) visseral yoy – gioid yoy tuban umurtqalilarda til osti, aniqrog’i, jag’ osti apparati
skeleti hisoblanadi. Ko’pchilik baliqlarda bu yoy jag’ni miya qutisiga biriktirib turuvchi osma
vazifasini bajaradi. U ikkita juft va bitta toq tog’aydan (suyakdan) iborat. Ustki juft tog’ay
giomandibulyar tog’ay deb ataladi va xuddi ana shu tog’ay osma vazifasini bajaradi. Chap va
o’ng gioidlarni o’zaro birlashtiruvchi ostki juft tog’ay – gioid va toq tog’ay – kopula til osti
skeleti vazifasini bajaradi. Yerda yashovchi umurtqalilarda gioid yoy yuqorida aytilgan
vazifasini yo’qotib, o’rta quloq apparati va tomoq hosil bo’lishida ishtirok etadi (bu haqda
“suvda ham quruqlikda yashovchilar” bo’limida batafsil bayon etiladi). Harakat organlari. Ikki
xil: toq va juft harakat organlarini farq qilish kerak. Toq harakat organlari – yelka, dum, anal
suzgichlari skeleti boshqa qismlar bilan qo’shilmaydigan bir qator tog’ay yoki suyak nurlardan
tashkil topgan. Juft harakat organlari – skeleti harakat organlari kamarlari va erkin harakat
organlari skeletiga bo’linadi. Harakat organlari kamarlari hamma vaqt hayvon tanasining ichida
joylashgan bo’ladi. Ularning tuzilishi har xil guruhlarda turlicha bo’lganligi uchun o’z joyida
tushuntiriladi. Umurtqali hayvonlarga erkin harakat organlarining skeleti ikki xil: baliqlarda
suzgichlar va yerda yashovchilarda besh barmoqli harakat organlari bo’ladi. Birinchi holatda
skelet kamarga nisbatan richag sifatida harakat qiluvchi bir necha qator tog’ay yoki suyaklardan
iborat. Besh barmoqli harakat organlarida skelet faqat kamarga nisbatan birgalikda harakat
qiluvchi emas, balki biri ikkinchisiga nisbatan ham alohida harakat qila oladigan bir qancha
richaglardan tashkil topgan. Hazm qilish organlari. Hazm qilish organlari sistemasi asosi og’iz
teshigidan boshlanib, anal teshigi bilan tugallanadigan naychadan iborat. Hazm qilish yo’li
gastrulaning entodermal naychasidan hosil bo’ladi (lansetnikning rivojlanishiga qarang). Shunga
ko’ra hazm qilish yo’lining epiteliysi entodermadan iborat. Faqat og’iz va anal teshigi oldida
entodermal epiteliy sekin-asta ektodermal holatga o’tadi. Bu yuqorida aytilgan teshiklar paydo
bo’lishi vaqtida tana devorlarining (demak, entodermaning) bo’rtishi bilan bog’liq. Hazm qilish
yo’li quyidagi asosiy qismlarga bo’linadi: 1) oziqni qabul qiluvchi og’iz bo’shlig’i; 2) hamma
vaqt nafas olish organlari bilan bog’liq bo’lgan halqum; baliqlarda halqumga jabra yoriqlari
ochiladi, erda yashovchilarda esa tomoqda hiqildoq teshigi joylashgan; 3) qizilo’ngach; 4)
oshqozon (meda) hazm qilish yo’lining kengaygan qismi bo’lib, ba’zi hollarda (kavsh
qaytaruvchi sut emizuvchilarda) ancha murakkab tuzilgan; 5) ichak. Tipik holatlarda u oldingi,
ya’ni ingichka, o’rta, ya’ni yo’g’on, orqa, ya’ni to’g’ri ichakka bo’linadi. Oddiy holatlarda,
to’garak og’izlilarda ichak qismlarga bo’linmydi, u tananing uzunligidan kaltaroq bo’ladi. Ba’zi
bir sut emizuvchilarda aytilgan bo’limlardan tashqari, boshqa bo’limlar – o’n ikki barmoqli ichak
va ko’r ichak farq qilinadi va ularning umumiy uzunligi tana uzunligiga nisbatan bir necha marta
ortiq bo’ladi. Ikkita asosiy hazm qilish bezi-jigar bilan oshqozon osti bezi embrional ichakning
oldingi tomoni bo’rtishidan hosil bo’ladi. Jigar ichak ko’r o’simtasining qorin tomoni devoridan
paydo bo’ladi (lansetnik ichagining jigar o’simtasini taqqoslang). Paydo bo’lgan jigarning
suyuqlik yo’llari ingichka ichakka qo’shiladi. Oshqozon osti bezi ichak o’simtasi hisoblangan bir
nechta, ko’pincha uchta murtakdan paydo bo’ladi. Bu bez yig’iq (jips) bo’lmay, bo’lakchalari
o’n ikki barmoq ichak tutqichi bo’ylab joylashganligi bilan jigardan farq qiladi. Bu ikkala
141
bezning vazifasi oziq hazm qilishga nisbatan anchagina keng. Masalan, jigar moylarni
emulsiyalovchi va boshqa fermentlarni aktivlashtiruvchi o’t suyuqligi ishlab chiqarishdan
tashqari, moddalar almashinuvida katta rol o’ynaydi. Moddalar parchalanishi natijasida hosil
bo’ladigan ba’zi zaharli mahsulotlar bu erda neytrallanadi, mochevina hosil bo’ladi, glikogen
to’planadi. Oshqozon osti fermentlari oqsillar, yog’lar va uglevodlarni parchalaydi. Shu bilan
birga oshqozon osti bezi ichki sekretsiya organi hisoblanadi. Bu funksiyaning buzilishi
organizmning qanddan foydalanish qobiliyati yo’qolishiga sabab bo’ladi. Natijada og’ir kasallik
– diabet paydo bo’ladi. Nafas olish organlari. Umurtqalilarning nafas olish organlari ikki xil
bo’ladi: jabralar va o’pkalar; bundan tashqari, ba’zilarida teri orqali nafas olish ham muhim
ahamiyatga ega. Jabra apparati, odatda halqumni tashqi muhit bilan bog’lovchi simmetrik
joylashgan juft yoriqlar sistemasidan iborat. Jabra yoriqlarining oldingi va orqa devorlari
plastinkasimon o’simta hosil qiluvchi shilliq qobiq bilan o’ralgan; o’simtalar jabra
yaproqchalaridan iborat. Yuqorida aytilgan har bir yaproqlarga ega bo’lgan (oldingi va orqa)
jabra yoriqlari devori yarim jabra deb ataladi. Jabra yoriqlari orasida visseral jabra yoylari
joylashgan (visseral skelet haqidagi bo’limga qarang). Shunday qilib, har bir jabra yoyi har xil
ikkita jabra yorig’ining yarim jabralari bilan, ya’ni bir yoriqning oldingi yarim jabrasi va
ikkinchi yoriqning orqa yarim jabrasi bilan tutashgan. Jabra yoriqlari halqumdan tashqariga
qarab o’suvchi juft entodermal o’simtalar sistemasi sifatida hosil bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda
tashqi qavatning entodermal o’simtalari ham hosil bo’la boshlaydi. Bu o’simtalar bir-biriga
qarama-qarshi o’sib, keyin o’zaro birlashadi. Binobarin, jabra yoriqlari ento va ektodermal kelib
chiqishga ega. Odatda, jabra yaproqlari ektodermal murtakdan hosil bo’ladi. Faqat to’garak
og’izlilarda va qalqondorlarda ular entodermadan hosil bo’ladi. Quruqlikda yashovchi
umurtqalilarning nafas olish organi o’pka. U hiqildoq orqali halqumga ochiladigan bir juft
xaltachadan iborat. O’pka embrional rivojlanish davrida halqum devorining qorin tomonida
paydo bo’ladigan bo’rtmalar sifatida hosil bo’lib, entodermal kelib chiqishga ega.
Rivojlanishining boshlang’ich davrlarida o’pka jabra yoriqlarining bir juft ichki, ya’ni
entodermal boshlang’ichini eslatadi. Shu holat va jabra bilan o’pkaning qon ta’minotidagi
o’xshashlik o’pka jabra xaltasining oxirgi juftiga gomologik ekanligidan dalolat beradi. Qon
aylanish organlari. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi bosh suyaksizlarniki kabi
yopiq. U o’zaro bog’liq qon tomirlardan iborat bo’lib, oddiy sxemada ikki oqimga bo’linishi
mumkin: elka oqimida qon boshdan dumga qarab oqsa, qorin oqimida teskari tomonga qarab
oqadi. Bulardagi qonning harakati yurak faoliyatiga bog’liq.
Xordalilarni tashqi va ichkiorganlarining tuzilishi bilan tanishib bo’lgach, quyidagi rasmlarni
albomga chizib oling.
1. Xordalilarning barcha organ va sistemalarining yon tomondan ko’rinishi).
2. Xordalilarning halqumining ko’ndalang kesimi.
3. Xordalilarning ichagining ko’ndalang kesimi.
142
|