kecha o‘quvchilarga shunchalik ko‘p foydali bo‘ladi. Agar ikkita bir xil sinflar
bo‘lsa, kechada sinflar qo‘shib o‘tkazilsa ham bo‘ladi. Kechaga doir maxsus
matematik gazeta chiqarib, undagi masalalardan bir nechtasini kim to‘g‘ri yechgan
bo‘lsa, ularga mukofot berib o‘quvchilarni qiziqtirish kerak. Xuddi shunday maxsus
tayyorlangan jadvallar, diagrammalar, sxemalar savollariga to‘g‘ri javob topgan
o‘quvchilarni ham qiziqtirish mumkin. Kechani boshlashdan oldin maktab zalini
matematikaga doir plakatlar, shiorlar, jadvallar, matematik devoriy gazeta, ulug‘
matematiklarning rasmlari va boshqalar bilan bezatish mumkin. Kecha orasida
matematik viktorina o‘tkazish maqsadga muvofiq.dir. Keyingi vaqtlarda matematik
kechalardagi yangilik – “ Qiziqarli matematik o‘yin”ni o‘tkazishdir. Buning uchun
o‘qituvchi oldindan tayyorlangan tangalarni o‘quvchilarga tarqatadi. Bu bilan
o‘quvchilarning bir qismiga masalaning yoki misolning sharti berilsa, ikkinchi
qismiga shu topshiriqning yechimi tarqatiladi. Tanganing har bir kartondan kesilgan
qandaydir bir geometrik figura ( kvadrat, uchburchak, tog‘ri to‘rtburchak va hokazo.
) bo‘lib, ustida yuqoridagilar yozilgan bo‘ladi. Kecha davomida o‘quvchilar bir –
birini topib, ya’ni topshiriq va uning javobini topib, hakamga murojaat qiladilar.
Kechada o‘quvchilar “ Kalendar va uning tuzilishi “, “ Odamlar hisoblashni qanday
o‘rgandilar “, “ O‘lchovlarning metr sistemasi “ va boshqa mavzular yuzasidan
qisqacha ma’ruzalar o‘tkazishlari zarur. Bulardan tashqari sinf cho‘ti yordamida “
Kim tez hisoblaydi?” degan o‘yinlar o‘tkazish mumkin. Bunday mashg‘ulotlar
o‘tkazish natijasida o‘quvchilar olgan bilimlarini mustahkamlagan va matematika
faniga qiziqishini oshirgan bo‘lamiz. Buni tajribali o‘qituvchilar o‘z ishlarida
qo‘llab isbotlaganlar.
Dostları ilə paylaş: