7-mavzu: Aholi migratsiyasi, uning turlari va yo’nalishlari r e j a



Yüklə 307,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix08.09.2023
ölçüsü307,77 Kb.
#142111
1   2   3
Lecture - 7

Migratsiya ko’rsatkichlari:
1
. Migratsiyaning mutloq va nisbiy son ma’lumotlari. 
2. Migrassion harakatning intensivligi yoki koeffitsienti (xar 1000 kishiga nisbatan 
migrantlar soni). 
3. Migratsiya saldosi (qoldig’i). 
Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko’chib joylashishi juda qadim 
zamonlardayoq mavjud bo’lgan. Biroq xar bir davrning migratsiyasiga o’ziga xos 
xususiyatlarga ega va turli xil oqibatlarga olib keladi. Antik davrning oxiri va o’rta 
asrlarining boshlarida ro’y bergan hamda adabiyotlarda “xalqlarning buyuk 
ko’chish davri” deb nomlangan migrassion harakatlar Yevropa va Osiyodagi ko’p 
xalqlarning etnik tarkibiga katta tasir ko’rsatadi. Markaziy va Shimoliy 
EVROPAGA German xalqlarining joylashuvi, ularning Britaniya opollariga kirib 
borishi xuddi ana hsu davrga to’g’ri keladi. Shu davrda slavyan xalqlari Sharqiy 
Yevropa xamda bokon yarimorolini egalladi xamda O’rta Osiyoda turkiy xaqlar 
paydo bo’ldi. Arablarning istelolari (ayniqsa Yaqin sharq va shimoliy Afrika 
hududlarida), mug’ullarning yurishlari va boshqalar xam uzoq o’tmishda 
xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib ketishga xamda ularning etnik 
sostaviga ta’sir qilgan muxim voqealardandir. XV-XVI asrlardagi buyuk geografik 
kashfiyotlar aholi migrasiyasining avj olishiga sabab bo’ldi. Bu davrda yangi 
dunyo (Amerika)ning kashf qilinishi natijasida yevropadan juda ko’plab odamlar 
bu yerga ko’chib kela boshladilar, keyinchlik esa, asosan shimoliy Amerikaga 
ingilizlar, gollandlar fransuzlar va boshqa yevropaliklar ko’chib borib u yerlarni 


egalladilar. Shimoliy Amerikaning janubiy qismlari xamda markaziy Amerikaning 
o’zlashtirilishida Afrikadan qul olib borilgan negrlar katta ro’l o’ynadi.
Aholi migratsiyasi kapitalizmning rivojlanishi bilan ayniqsa, kuchayib 
boradi . Bu esa kapitalistik ishlab chiqarishning tub mohiyatidan, uning aholi 
qonunlaridan kelib chiqadigan bevosita natija edi. Yevropada kapitalizmning 
rivojlanishi natijasida bu yerda nisbiy ortiqcha aholining, ishsizlik va yersiz 
dexqonlar sonining ko’payishiga sababchi bo’ldi. Monopolistik kapitalizmgacha 
bo’lgan davrlarda yevropadan Amerikagacha, Avstraliyaga va boshqa qit’larga 
ko’chib boruvchilar uchun ma’lum imtiyozlar va yetarli miqdorda yerlar bo’lib 
berilar edi. Bu xol yevropadan boshqa qit’alarga, ayniqsa Amerika, Avstraliya
Yangi Zellandiyaga ko’chib ketishni kuchaytirdi. XVI asr o’rtalaridsan to ikkinchi 
jaxon urushi boshlangunga qadar Yvropadan boshqa qit’alar 70 milliondan 
ortiqroq aholi ko’chib ketgan. Boshqa rayonlarga xan Yevropadan, ayniqsa, ko’p 
aholi ko’chib ketgan. Agar 1870 –yi8llargacha Emigrantlar ko’proq G’arbiy va 
shimoliy Yevropa mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, 
Skandinaviya mamlakatlari va boshqalar)dan ketgan bo’lsa XIX asrning 
oxirlaridan boshlab, emigrantlar soni bo’yicha Janubiy va sharqiy Yevropa 
mamlakatlari (Italiya, Avstriya-Vengriya, rossiya kabilar) birinchi o’ringa chiqib 
oldi. Buning nasosiy sabablari ana shu mamlakatlar qishloq xo’jaligida 
kapitalizmning rivojlaninshi va dexqonlarning qishloqlashuvida edi. Bu davrga 
kelganda transport aloqalarnining rivojanishi xam ko’chib ketishni ancha 
osonlashtirdi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida AQSHda arzon ishchi 
kuchiga talab oshib bordi. Janubiy va sharqiy yevropa mamlaktlatlari eas ana 
shunday arzon ishchi kuchi yetkazib beruvchi rayonga aylanib qoldi.
XVIII asr va XIX asrlardagi emigratlar ko’proq Amerika (AQSH, 
Kanada)ga ko’chib borgan bo’lsalar, XIX asrdan boshlab yana janubiy Amerika 
mamlakatlari (ayniqsa Argentina, Braziliya)ga ko’plab ko’chib bordilar. Chunki 
shimoliy mamlakatlarda kapitalizm umumiy krizisning kuchyishi natijasida 
ishsizlar ko’paya boshladi, yerlarning narxi qimmaqlashib ketdi, keyinchalik 
AQSH Kanada mamlakatlariga ko’chib kelish to’xtatildi. Bu davrlarda asosan 


Inglizlar va Britaniya orollarida yashovchi boshqa millat vakillari Avstrliya yangi 
Zellandiya, Janubiy Afrikaga ko’plab ko’chib bordilar. Shimoliy Afrika 
mamlakatlariga Jazoirga – fransuzlar va ispanlar xam ko’plab yevropaliklar 
ko’chib bordilar. Shunday qilib, XVX va XIX asrlardagi eng yirik migratsiya 
yevropadan boshqa joylarga ko’chib ketish bilan bog’liq qit’aning o’z ichida yoki 
ayrim mamlaktlarning ichidagi migrassion xarakatlar uncha katta emas edi. 
Maslan XIX asrning ikkinchi yarmida ya’ni Rossiyada kapitalistik ishlab 
chiqarishning rivojlanib borishi va krepostniklik xuquqining bekor qilinishi 
munosabati bilan mamlakatning Yevropa qismidan Osiyo qismi (Sibir, 
Qozog’iston, O’rta Osiyo )ga ko’chib o’tish ancha kuchaydi. 1861-1914 yillar 
davomida rossiyaning g’arbidan 5 millionga yaqin aholi (asosan Ruslar, Ukrainlar, 
Beloruslarb Tatarlar, Mordvalar) kuchib o’tdi. XIX asr XX asrning boshlarida 
Xitoydan Janubiy-Shaqiy Osiyo mamlakatlari Malaziya, Tayland, Indoneziya va 
boshqalar)ga Yaponiyadan Gavayi orollariga, AQSH ga va ayniqsa, Shimoliy-
Sharqiy Xitoy (manchjuniya) xamda Koreyaga, Xindistondan, Shrilankaga, 
Janubiy va Sharqiy Afrika mamlakatlariga, Janubiy Sharqiy Osiyo (Birma, 
malaziya)ga va boshqa joylarga aholi ko’chib o’tdi. Aholining mamlakatlararo va 
qit’alararo migrassion xarakatlari natijasida juda ko’p davlatlarda (aynisa 
Amerika qiasida) etnik tartibi xilma-xillanib ketdi. Xozir AQSH, Kanada , 
Braziliya, Argentina , Avstraliya, Yangi Zellandiya kabi mamlaktlarda 
yashayotgan 300 milliondan ortiq aholining oltidan besh qismi yevropaliklar 
avlodlaridir. Faqat AQSH ning o’zidagina barcha aholining 90 foizi yevropadan 
yoki ularning avlodlari xisoblanadi. Yevropaning ayrim davlatlaridan ko’chib 
borgan xalqlar xozir xam aloxida yashahsga harakat qiladilar. Masalan, Aqshning 
Shimoli-Sharqida asosan buyuk britaniya va Irlandiyadan ko’chib kelganlar edi. 
Nyuyorkda ko’pchilikni italyanlar va yaxudiylar tashkil etadi. Braziliyaning 
sharqiy rayonlarida asosan portugaliyadan ko’chib kelganlar, Argentinaning 
sharqida esa Ispaniyadan kelganlar yashaydi va hokazo. 
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari juda katta migrasion harakatlarga sabab 
buldi.Urush davom etib turgan paytdagi migrasion harakatlar vaqtincha 


migrasiyadir. Chunki aholining xarbiy harakatlar zonasidan qochib xavf – 
xavfsizroq rayonlarga ko’chishi urush paytidagi qonuniy bir xoldir. Urush 
tugagandan so’ng chegaralarning o’zgarishi yangi davlatlarning tuzulishi va 
boshqalar doimiy migrasion harakatlarga sabab bo’ladi. Ikkinchi jahon urushi 
boshlanmasdan avval sharqiy va janubiy Sharqiy Yevropa mamlakatlari xududida 
Yevropa mamlakatlar (asosan Polsha, Chexoslavakiya, Vengriya, Ruminiya, Sobiq 
Yugoslavakiya) 12 millionga yaqin nemislar yashar edi. Urushning Germaniyaning 
mag’lubiyati bilan tugashi va yevropada yangi konferensiyaning qaroriga muvofiq 
nemislarning deyarli xammasi Germaniya, va qisman Avstriya hududiga ko’chib 
o’tdi. Xozirgi paytda sharqiy yevropa mamlakatlarida (asosan ruminiya va 
vengriyada 800 mingga yaqin nemislar yashaydi). Urush davrida va undan so’ng 
Sharqiy yevropa mamlakatlari o’rtasida qaysi millatga mansubligiga qarab aholi 
ayirboshlash ham bo’ldi. Bu chegaralarni aniqlash va o’zgartirish yoki o’z aholisi 
milliy tarkibining mumkin qadar bir xil bo’lishini ta’minlash maqsadida ko’rilgan 
chora edi. Ana shunday aholi ayirboshlash Bolgariya bilan Ruminiya, Polsha va 
Rossiya, Chexoslovakiya va hakozalar o’rtasida bo’ldi. Ikkinchi jahon urushining 
siyosiy va harbiy yakunlari bilan bog’liq bo’lgan migratsion harakatlar Osiyoda 
ham kuzatildi. Bu esa imperialistik Yaponiyatining urushda taslim bo’lishi va u 
ilgari bosib olgan rayonlardan yaponlarning o’z yurtiga qaytishi bilan bog’liq edi.
1956 yilgacha Yaponiyaga milliondan ortiqroq yaponlar ko’chib keldi 
(asosan xitoy va Koreya xududidan). Ammo ikkinchi jahon urushidan keyingi 
Osiyoda eng kata migratsion harakatlar Hindiston va Pokiston davlatlarining 
tashkil topishi bilan bog’liqdir. Ma’lumki, bu ikkita davlatga ajralish u yerda 
yashovchi aholining diniy e’tiqodiga qarab amalga oshirildi. Natijada Hindiston 
ko’chib o’tdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin qit’alararo migratsiya yanada 
kuchaydi. 1946-1961 yillarda yevropadan 6,9 millionga yaqin aholi boshqa 
qit’alarga ko’chib ketdi. Italiyadan 1,1 million kishi – asosan Argentina, AQSh va 
Venesuelaga. Buyuk Britaniyadan (950 ming kishi – ko’proq Kanada, Avtraliya va 
AQSh ga), Ispanidan (500 mingdan ortiqroq kishi Argentina va Venesuelaga) 
ko’plab kishilar ko’chib ketdi.


Shunday qilib ikkinchi jahon urushidan keyin 60-yillarning boshlarigacha 
yevropa boshqa mamlakatlariga muxojirlar beruvchi qit’a bo’lib keldi. Faqat 
keyingi yillardagina yevropada emigratsiya birmuncha susaydi. Ayrim hollarda 
esa, yevropa boshqa qit’alar bilan migratsion aloqalarda xatto ijobiy migratsion 
balansga ega bo’la boshladi. Chet davlatlardagi aholining migratsion harakati 
haqidagi qisqacha obzorni tugatar ekanmiz, migratsiya oqibatlariga qisqacha 
to’xtalib o’tish zarur. Migratsiya oqibatida Biron davlat aholisi ko’payadi yoki 
kamayadi, bundan tashqari, aholining yosh, jinsiy tarkibi o’zgaradi. Bu esa bir 
qancha oqibatlarga olib keladi. Ma’lumki, migratsion harakatlarda ko’pincha yosh 
va o’rta yosh aholi (eng sifatli mehnat resurslari) ishtirok etadi. Bu esa, emigrantlar 
ketgan mamlakat mehnat resurslari soning kamayishi, tarkbining yomonlashuviga 
sabab bo’lsa, immigrantlar qabul qilgan davlat mehnat resurslari tarkibini har 
tomonlama yaxshilaydi. Migratsion harakatlarda mehnatga yaroqli yoki o’rta 
yashar kishilar orasida ko’proq erkaklar ishtirok etadi. Shuning uchun ham olimlar 
emigratsiyaning oqibatini urushlar oqibati bilan tenglashtiradilar. Chunki ko’p 
emigrantlar yo’qotgan mamlakatlar urushlardagi singari, o’zining yo shva o’rta 
yoshdagi, asosan erkak mehnat resurslaridan judo bo’ladi. Bu esa shu mamlakatda 
aholining bundan keyingi takror barpo qilinishi hamda iqtisodiyotga katta salbiy 
ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 307,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin