7-bob. Mintaqalarda ekologik turizmni rivojlantirish resurslari
8-BOB. MINTAQALARDA ZIYORAT TURIZMI MARKAZLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH RESURSLARI
8.1. Ziyorat turizm to‘g‘risida tushuncha.
8.2. Mintaqadagi muqaddas ziyoratgohlar.
8.3. Islom dini ziyoratgoh va markazlari.
8.1.Ziyorat turizm to‘g‘risida tushuncha Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha har yili 200 mln.dan ortiq kishilar aynan ziyorat maqsadida jahondagi turli ziyoratgoh, o‘zlari uchun muqaddas hisoblangan maskanlarga borib, diniy turistik sayohatlarga chiqmoqdalar. Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yiliga 150 mln. xristianlar, 45 mln.musulmonlar, 40 mln. buddistlar, sintoistlar, 30 mln. induistlar diniy ziyorat maqsadida sayohat uyuushtirgan (Aleksandrova, 2002). Demak, dunyoda diniy turistik migratsiyasi aktiv hisoblanib, sayohlar asosan ruhan poklanish, buyurilgan amallarni bajarish, mqaddas maskanlarni ziyorat etishadi. Turistik oqimlarga diniy motivatsiyalar sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Diniy turizm ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Ilk sayohatlar to‘g‘risida ma’lumotlar Antik davrga taaluqlidir2 Ziyoratchining keng va xilma-xil geografiyasini o‘rganish uchun rayonlashtirishdan foydalaniladi. Jahonda ziyoratning 11 makro hududi ajralib turadi:
• Xristian Yevropasi;
• Xristianlik va boshqa ko‘psonli dinlar bilan mustahkam o‘rin egallovchi Shimoliy Amerika;
• Xristianlik va an’anaviy dinlar bilan Lotin Amerikasi;
• Islomni qabul qilgan Shimoliy Afrika;
• Islom hukmron va alohida xristianlik va an’anaviy dinlar mavjud g‘arbiy va Sharqiy Afrika;
• Buddizm islom, xristianlik va hinduzimni egallagan Janubiy-Sharqiy Osiyo;
• Buddizm bilan (asosan lamaizm) mustahkamlangan Markaziy Osiyo;
• Islom hukmron O‘rta Osiyo;
• G‘arbiy Osiyo islom va xristianlik, iudizm bilan mustahkamlangan;
• Janubiy Osiyo iudizm va buddizm tarqalgan, shuningdek xristianlik, jaynizm, sikxizm va islam mavjud.
Har bir makro hudud eng avvalo ziyoratning jahoniy markazlari bilan mashhur. Ular e’tiqodchilarning xalqaro oqimini qabul, qiladilar va ko‘pincha diniy ixtisoslashtirishning ma’muriy, sanoat, madaniy va turistik markazlari funksiyalari bilan qo‘shilib ketadilar. Bundan tashqari, makrohududlarda milliy va mahalliy ahamiyatga ega diniy sig‘inish obyektlari mavjud. Quddus-jahonning yirik diniy markazi. Quddus uch din e’tiqodchilari islom, xristianlik, iudizm uchun muqaddas markaz. Jahon ilohiy markazlari orasida alohida o‘rin egallaydi. Iudizmga sig‘inuvchi yaxudiylar, ancha ilgarigi monoteist dinlaridandir. Ulardan ko‘pchilik xristianlikka mansub – muqaddas toqqa, yig‘i devorlariga boradilar. Bu erda devor oldidagi uncha katta bo‘lmagan maydonda ular qachonlardir arablar tomonidan vayron qilingan ibodatxonaga qatg‘u bildirdilar. Qora kiyingan ziyoratchilar qo‘l ushlashib bir ohangda chayqalgan holda Xudo Yaxvega iltijo bilan murojat qiladilar. Xristianlar uchun quddus Iso payg‘ambarni yerda bo‘lishi bilan bog‘liq. Ularning ziyorat programmasida eng muhim manzil tirilish ibodatxonasi:
• jahon xristian olamining bosh muqaddas joyi hisoblanadi. Har bir sig‘inuvchi bu ibodatxonaga tashrif buyurishga intiladi. Uning Golgofe butiga, Pomozoniya toshiga, tangrining tiriklik nishon tobutiga sajda qiladilar. Xudoning o‘g‘li dafn etilgan joy ramzi;
• xochga mixlangan siymo turli xristian ibodatlari buyumlari bilan zich qurshalgan. Rim katoliklari xudoga qayg‘uli sukutda turgan armon ruhoniylari qatorida toat-ibodat qiladilar. Xuddi shu erda suriyalik sig‘inuvchilarning shivirlab ibodat qilganlari eshitilib qoladi.
Ruhiy hotirjamlikka limmo-lim qalb va xor qo‘shiqning Afrika ohanglariga xos ovozi ostida efiopiyaliklar o‘z marosimlarini bajo keltirishadi. Boshqa qo‘shni joylashgan xorda greklar ibodat qiladilar. Hech kim, hech kimga halaqit bermaydi, hammaning diqqati o‘z ibodatiga qaratilgan. Musulmonlar quddusda o‘z bayrog‘lariga ega. Ular to‘planadigan joy – bizning ko‘plargacha saqlanib qolgan ilohiy inshooti – Umar mochiti hisoblanadi.
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi qoshida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi faoliyat yuritib kelmoqda.
Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limning funksiya va vazifalari quyidagilardan iborat.
Bo‘limning asosiy maqsadi xorijiy sayyohlarni ziyorat turizmi doirasida tashriflarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni olib borish.
Bo‘lim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tahliliy hujjatlar tayyorlaydi;
Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etadi;
Turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish, turizm sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
Yurtimizda ziyorat turizmini jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, an’anaviy madaniy-tarixiy turizmni rivojlantirish hisobiga hududlarda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari va turizm ob’ektlari bo‘yicha yagona milliy reestrlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
Xorijiy turdosh hamkor tashkilotlar bilan ziyorat turizmi sohasida manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, etakchi xorijiy tashkilotlar delegatsiyalarini yurtimizga tashriflarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekistonda ziyorat turizmini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz jozibadorligini oshirish va xalqaro reytinglardagi o‘rnini ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish, xalqaro reyting agentliklari bilan amaliy hamkorlik o‘rnatish.
Turizm tarmog‘i uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya etakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati sub’ektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tegishli yo‘nalishi faoliyatini muvofiqlashtirish.2