67. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuni



Yüklə 44,59 Kb.
səhifə1/7
tarix08.06.2023
ölçüsü44,59 Kb.
#126673
  1   2   3   4   5   6   7
67 dan 78 gacha


67. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuni.
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli - pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir.
Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo’lini tahlil qilayotib, K. Marks pul muoma-lasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan muomala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori aniqlanadi.
Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o’tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan.6
Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning ortiqcha miqdori bo’lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz pullar (xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi.
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng bo’lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini qo’yidagi formula bilan ifodalash mumkin. Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim omillarga alohida e’tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
− naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
− pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Pul nazariyalari to’g’risida umumiy tushuncha. Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo’lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo’jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi.
Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosobat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi.
Ilk tarihiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik nazariyalarini keltirishi mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o’zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Yoozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosobatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda.
Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashini oldini olish va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi.Qo’l mehnatidan manifakturaga, manifakturadan sanoat ishlab chiqarishiga o’tilishi bilan xalq xo’jaligida mehnatning integratsiyalashuvi ham kuchaya bordi.

68. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi va tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayib borishi.


O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin uning tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida yangi davr boshlandi.
O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishdir. Ular bilan valyuta-kredit munosabatlari, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, xo‘jalik korxonalarini birgalikda qurish, oldi-sotdi ishlari kengaytirilmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham o‘z ishini boshlab yubordi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, jumladan, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar hamda ularning bo‘linmalarini barpo etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida maxsus qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab yubordilar. Bir qancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. “Sovplastital” 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan birgalikda qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona bir marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda kon chiqindilaridan oltin ajratib olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi Do‘stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobilььь zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada Turkiya bilan hamkorlikda akkumlyator zavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar.
Tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda.
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, ayniqsa milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va hokazo) mahsulotlar chiqaradi.
Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq xildagi sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar eksport qilmoqda.
O‘zbekiston Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ko‘p miqdorda turli xalq iste’moli buyumlari; mebel, kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, ro‘zg‘or elektr asboblari, yozuv mashinalari servislar, attorlik mollari, tamaki va qandolat mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar oladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan O‘zbekistonga xalq iste’moli mollari, tropik va subtropik mevalar, choy, qora murch, yengil va oziq-ovqat sanoatining ayrim mahsulotlari keltiradi.
Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo‘shni mamlakatlarda xo‘jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. O‘zbekiston bu mamlakatlarga miliorasiya, suv xo‘jaligi, paxtachilik, sholikorlik, geologiya, energetika, to‘qimachilik va .xokoza tarmoqlar mutaxassislarini jo‘natib turadi.
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirinda yordam berish bilan birga ular xo‘jaligining turli sohalari uchun milliy kadrlar tayyorlashda ham samarali ko‘maklashmoqda.
Respublikamizning bir qancha oliy o‘quv yurtlarida Osiyo, Afrika mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar.
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat pastasi va xakozalar ulushi ancha kattadir.
Respublikamiz rivojlangan mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada Toshkent shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir qismi olindi. Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi.
Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishiga zamin yaratadi.

69. Ishsizlik va uning turlari, kelib chiqish sabablari


Bugungi kunda kishilarni ishni yo’qotishlari mumkunligi va yangi ishni izlash, qayta o’qitish, kasbni o’zgartirish zarurligiga ruhan tayyorligi, qisqasi, bozor sharoitida yashashga to’g’ri kelishini batamom anglash bilan bog’liq muammolar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bozor munosabatlari shakllanishining boshlang’ich davrida kishilar yangi iqtisodiy reallikni idrok etishga ruhan tayyor emasligi va kutilmagan zarbani yumshatish uchun zarur bilim hamda ko’nikmalarga ega emasligini qayd etmoq lozim. Shuning uchun aholini, ayniqsa uning kam daromadli guruhlarini sotsial himoyalash tizimi va mexanizmlarini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Ishsizlikning namoyon bo`lish xususiyatiga ko`ra turlari: Oshkora ishsizlik: friksion, davriy, mavsumiy, institutsional, srukturaviy. Yashirin ishsizlik: qisqartirilgan ish kunida 222 ishlovchilar(majburiy ish yo`ligidan), haq to`lanmaydigan mehnat ta`tiliga ketganlar, ishlashni xohlaydigan, lekin ish qidirish befoyda deb uylab ish qidirmayotganlar. Friksion ishsizlik. Bu ishsizlikning qisqa muddatli ishsizlik turi bo`lib, ish joyini o`zgartirganda yuzaga keladigan ishsizlik turidir. Bu toifaga kasbini o`zgartirgada, birinchi marta mehnat bozoriga kirib kelganlar, doimiy yashash joyini o`zgartirganlar kiradi. Ishsizlikning bu tizimi har qanday ijtimoiy tizimda har qanday iqtisodiy darajada mavjud. Kasaba uyushmalarining ish tashlashlari ham friksion ishsizlikni keltirib chiqaradi. Strukturaviy ishsizlik. Bu davomiyligi bo`yicha uzoq muddatli hisoblanib, asosan, ishsizlarning malakasiga mos keladigan ish o`rnini mavjud emasligidir. Bu yangi texnologiyalarni joriy etilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, mehnat zaxiralarini soni va malakasi doimiy ravishta qayta ko`rib chiqish bilan bog`liq. Bunda yang doimiy kasb paydo bo`ladiva ilgarigi keng tarqalgan ba`zi kasblarga talab bo`lmay qoladi. Buning oqibatida keraksiz bo`lib qolgan ishchi kuchi strukturaviy ishsizlikni keltirib chiqaradi. Mavsumiy ishsizlik. Ma`lum bir ish turi va ishchilarga bo`lgan talabning mavsumiy o`zgarishiga qarab o`zgarishini anglatadi. Bu mavsumiy ishda bo`lganlarning mavsumiy tugagach ishchining ishsiz qolishi. Mavsumiy ishsizlikdan zarar ko`rgan ishchilarga kurort ishchilari, instruktorlar, muzqaymoq sotuvchilar, paxta teruvchilar, dehqonlar kabilardir. Ko`pincha, rasmiy ishsizlik statistikasida mavsumiy ishsizlikni hisobga olgan holda tuziladi va mavsumiy tuzilgan ishsizlik deb ataladi. Davriy ishsizlik. Mamakatda ishlab chiqarish hajmining pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo`lgan talabning kamayishi va ishsizlarning paydo bo`lishidir. Davriy ishsizlik bu iqtisodiyotning jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning biri hisoblanadi. Davriy ishsizlikda ishlashni hohlaydigan va bunga salohiyatli kishilar ishsiz bo`lishga majburdir, chunki ishlab chiqarishning umumiy tanazzuli tufayli ishchikuchi iqtisodiyotga kerak bo`lmay qoladi. To`liq bandlik tushunchasi mehnat bozorida ishsizlaring mavjud bo`lmasligi tushuniladi. Iqtisodchilarning fikricha mehnat bozorida friksoin va tarkibiy ishsizlikning mavjud bo`lishi tabiiy jarayon bo`lib, to`liq bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq qilib aytganda, to`liq bandlik sharoitida ishsizlik darajasi tarkibiy va friksion ishsizlar soniga teng bo`lishi. Ishsizlik darajasi- bu ishsizlikning o‘lchov birligi bo‘1ib, mehnatga layoqatli kishilarning qanday qismi ishsiz qolganini bildiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2021- yilda butun dunyo bo‘ylab 214.21 mln ishsizlar mavjud. Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 9.46mln kishiga kam, ammo 2018-yilga nisbatan 29.43mln kishiga ko‘pdir. Ishsizlikning eng yuqori ko‘rsatkichlari Afrika qit’asiga tog`ri kelmoqda. Janubiy Afrikada ishsizlik ko‘rsatkichi 2021-yilda 33.56 % ni tashkil etgan. Mamlakatda ishsizlik darajasi ko‘rsatkichi mamlakat joylashgan o‘rni va qo‘shni mamlakatning rivojlangan darajasiga bog‘liq.


Yüklə 44,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin