Qaysi vazifadosh ko’makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladi?
J: Old, ost ust ko’makchilari ( Sening oldingda kata vazifalar turibdi.)
Tomon ko’makchisi qaysi kelishik shaklidagi ismlar bilan qo’llaniladi.
J: Bosh va jo’nalish shaklidagi ismlar bilan qo’llanila oladi.
Qaysi ko’makchilar chiqish kelishigi shhaklidagi ismlar bilan qo’llanila oladi?
J: keyin, bo’lak, boshqa, o’zga, tashqari, buyon, oldin, boshlab, avval ko’makchilari
Qaysi ko’makchilar bosh kelishigidagi ismlar bilan qo’llanila oladi?
J: bilan, kabi, uchun,sari, sayin, bo’ylab, singari
Kecha Jannat xola o’g’li… oldiga borganda, soqoli o’sib ketganini, sochlari quloqlaridan osilib vahshiy qiyofasiga kirib qolganini ko’rgan edi. Nuqtalar o’rniga mos kelishik qo’shimchasini qo’ying.
J: ning ( old so’zidan oldingi so’zga ushbu qo’shimcha qo’llaniladi)
Bo’g’lovchi deb nimaga aytiladi?
J: Uyushiq bo’laklar yoki qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lashga xizmat qiluvchi vositalar bog’lovchilar deb ataladi.
O’zbekning boshida do’ppisi anvor,
Belbog’i va to’ni misoli do’st yor. Ushbu gap tarkibidagi bog’lovchilar gaplarni bog’laganmi yoki gap bo’laklarini?
J: Gap bo’laklarini ( Belbog’ va to’n deb atalgan egalarni bog’lab kelyapti )
Farzandlari galma-galdan xivichlarni bir yo’la singdirishga urinibdi, lekin hech biri uning uddasidan chiqa olmabdi. Ushbu gap tarkibidagi bog’lovchilar gaplarni bog’laganmi yoki gap bo’laklarini?
J: Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lagan. (Farzandlari galma-galdan xivichlarni bir yo’la singdirishga urinibdi- birinchi sodda gap, lekin hech biri uning uddasidan chiqa olmabdi- ikkinchi sodda gap hisoblanadi. Lekin bog’lovchisi ularni bog’lab kelyapti)
Dostları ilə paylaş: |