6-modul. OʻQuvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatish


Har xil janrdagi asar matnlarni oʻqitish metodikasi



Yüklə 407,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix14.06.2023
ölçüsü407,75 Kb.
#130134
1   2   3   4   5   6
6-modul. O Quvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni

Har xil janrdagi asar matnlarni oʻqitish metodikasi 
Masal, axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy 
asardir. U koʻproq she’riy tarzda yoziladi. Masalda inson xarakteriga xos 
xususiyatlar kinoyaviy obrazlar - hayvonlar, jonivorlar va oʻsimliklar dunyosiga 
koʻchiriladi. Koʻpincha masalning kirish qismida, ba’zan oxirida qissadan xissa, 
ya’ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu oʻquvchilarni ahloqiy tomondan tarbiyalashga 
katta imkon beradi. Masalda fikrning qisqa, loʻnda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi, 
tilining oʻtkirligi va xalqchilligi oʻquvchilar nutqi va tafakkurini oʻstirishda muhim 
material hisoblanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminasion 
nuqta va echimi boʻlgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea- hodisani qisqa va 
mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna boʻla oladi. 
Bolalarni masaldagi kinoyaviy mazmun emas, balki, birinchi navbatda, 
obrazlarning goʻzalligi oʻziga jalb qiladi. SHuning uchun masal ustida ishlashni 
hayvonlar hayotidan yozilgan hikoya ustida ishlash kabi uyushtiriladi. Odatda, 
masal personajlari oʻz xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari bilan, nutqiy uslublari, odatlari 
bilan oʻzlarini tavsiflaydilar, ba’zan u xarakteristikani masalning boshqa personaji 
toʻldiradi. Muallifning oʻzi esa bir-ikki soʻz bilan tavsifni mukammallashtiradi. 
Boshlangʻich sinflarda masalni oʻrganishda bolalarni masalni ifodali oʻqishga 
va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha soʻz bilan aytib berishga (masalni toʻliq 
qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim qatnashuvchilarning xarakterli 
xususiyatlarini aytib, oʻzaro qiyoslashga oʻrgatish muhim ahamiyatga ega. 
Masalning allegorik mazmuniga toʻxtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil 
qilishga kirishiladi. 1- sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka oʻxshash 
kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, 2- sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning 
xatti-harakati, oʻzaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal 
axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, koʻproq she’riy tarzda boʻlishini, unda 
kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. Masal tili 
ustida ishlaganda, oʻquvchilar nutqini boyitish uchun unda ishlatilgan obrazli 



iboralar, badiiy vositalar oʻquvchilarga mustaqil toptiriladi: oʻquvchilar oʻqituvchi 
bergan gap yoki iborani masaldagi ibora bilan almashtiradilar. Masalan, SHukur 
Sa’dullaning “Laqma it” masalining tili ustida ishlash jarayonida oʻqituvchi “Qish 
kelib sovuq boshlandi. Boʻron turdi” gaplarini beradi, oʻquvchilar gaplarini topib 
aytadilar. Masal tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni 
aniq idrok etishda oʻquvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim 
epizodlarni soʻz bilan tasvirlash, ba’zilariga oʻqituvchi yordamida tavsif tuzish, 
ishning oxirgi bosqichida rollarga boʻlib oʻqish kabilarni tavsiya qilish maqsadga 
muvofiq. Personajga xarakteristika berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning 
oʻziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali oʻqishga 
tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, avtor tilini yaxshi tushunish, xar 
bir personajning individual xarakterini hisobga olish zarur. Masalan, “Laqma it” 
masalini oʻqiganda, laqma itning yalinib-yolvorishi, mushukning toʻgʻrisoʻzligi 
muomalasi orqali ifodalandi. Dialogli masallarni rollarga boʻlib oʻqish, inssenirovka 
qilib, aytdirish maqsadga muvofiqdir. 
Shunday qilib, masal ustida ishlash quyidagi komponentlarni oʻz ichiga oladi: masal 
mazmunini aniq idrok etish; kompozisiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga xos 
xususiyatlarini, xatti-harakatlarining sabablarini ochish allegoriyani aniqlash; Qish 
keladi qilich olib, Boʻron bilan dovrugʻ solib masal qismlaridagi asosiy fikrni 
aniqlash; masal xulosasini tahlil qilish. Mana shu izchillik hisobga olinsa, masal 
oʻqish darsining qurilishi quyidagicha boʻladi: 
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda masalning xususiyatlari va qaysi sinfda oʻqitilishiga 
mos ravishda ish turlari tanlanadi: 
2. masal muallifi haqida oʻqituvchi hikoyasi; 
3. oʻqilgan masal materiali yuzasidan viktorini (savol-javob oʻyini); 
4. oʻqilgan masalda qatnashuvchi shaxslar (hayvonlar) xarakteriga xos xususiyatlar 
haqida suhbat. 
5. Masalni oʻqituvchi oʻqishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film koʻrsatish). 
Emosional baholash planida suhbat. 
Masalning aniq mazmunini analiz qilish: 
1. masal struktura va kompozisiyasini aniqlash (oʻqish, reja tuzish v.h.); 
2. qatnashuvchilaming xatti-harakati, fe’l-atvori sabablarini, xarakteriga xos 
xususiyatlarini tushuntirish (tanlab oʻqish, soʻz bilan va grafik rasm chizish, 
savollarga javob); 
3. masalning aniq mazmunidan kelib chiqib undagi asosiy fikrni belgilash. 
4. Allegoriyani ochish. 
5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish. 
6. Hayotda uchragan oʻxshash hodisalarga taqqoslash. 
She’r-ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his -tuygʻu ifodasi sifatida 
vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir 
tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik boʻlaklarning izchil va bir 
me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh 
soʻzlar) hisoblanadi. 



She’rni oʻqiganda kichik yoshdagi oʻquvchilar tabiat va jamiyat voqea- 
hodisalarini poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. 
Boshlangʻich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ya’ni she’riy hikoyalar va 
lirik she’rlar oʻqitiladi. She’riy hikoyada syujet, ya’ni voqealar sistemasi va uning 
rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda 
tugʻilgan ruhiy kechinma, fikr va tuygʻular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik 
she’rning xususiyati “kishining his-tuygʻuga toʻla hayajonli nutqini ta’sirliroq 
ifodalashga toʻgʻri keladi”. Bunda “ohangdorlik va musiqiylikni vujudga keltiradi”. 
She’rni oʻqish darslarida asosiy ish turi ifodali oʻqish hisoblanadi. Oʻquvchi 
she’rning asosiy (gʻoyaviy) mazmunini tushunsagina, uni ifodali oʻqiy oladi. 
SHuning uchun she’rni tahlil qilib, uning mazmunini oʻquvchilarga tushuntirish 
lozim. She’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil 
qilinganidagi ish turlaridan foydalanish mumkin. Tursunboy Adashboevning 
“Navoiy bobomlar” she’riy hikoyasi mazmuni savollar yordamida gapirtirilishi 
mumkin. Ammo lirik she’rni oʻqish va tahlil qilish oʻqituvchidan katta mahorat talab 
qiladi. Lirik she’rni oʻqish darsida eng asosiy ish turi uni his-hayajon bilan ifodali 
oʻqishdir. She’r ifodali oʻqilgach, undagi tushuntirilishi zarur boʻlgan soʻz va 
iboralar ikki-uch soʻz bilan qisqacha izohlanadi. 
She’rni oʻqishdan oldin ba’zan unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat 
oʻtkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun oʻquvchilar bilishi lozim boʻlgan 
voqealarni oʻqituvchi qisqa aytib beradi. Ba’zi she’rlarni oʻqishga oʻquvchilarni 
uzoqroq tayyorlash, masalan, Qudrat Hikmatning “Qish”, “Bahor” she’rlarini 
oʻqishdan oldinroq tabiatni kuzatish, boqqa, qir-adirlarga ekskursiya oʻtkazish 
maqsadga muvofiq. 
Boshlangʻich sinflarda koʻrgazmali ta’limning asosiy formasi lirik she’rni 
ifodali oʻqish hisoblanadi. Lirik she’rni ham, she’riy hikoyani ham oʻquvchilar 
hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhimdir,uning uchun she’r birinchi 
marta oʻqilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r oʻquvchilarga qanday 
ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. Oʻqituvchi she’rni shunday ifodali oʻqishi 
kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli soʻz kuchliroq 
ta’sir etsin. Oʻqish oddiy boʻlishi kerak. Oʻqiyotganda tabiiy zavq - shavq, shodlik, 
xursandlik, qahr-gʻazab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yoʻl 
qoʻymaslik zarur. Bolalar she’rni oʻqiganda, she’riy satrga rioya qilishlari, she’r 
ritmini buzmasliklariga erishish lozim. 
She’r mazmuni ham, boshqa janrdagi badiiy asarlar kabi, savollar asosida tahlil 
qilinadi. Ammo she’r mazmuni haqida oʻquvchilarga koʻp savol berish tavsiya 
etilmaydi. Oʻquvchilarga she’rning asosiy mazmunini tushunganliklariga ishonch 
hosil qilishning oʻzi kifoya. Masalan, 4-sinf oʻquvchilari Qudrat Hikmatning “Qish 
toʻzgʻitar momiq par” she’rni oʻqiganda, “Qaysi fasl haqida oʻqidingiz?” savoliga 
javob berishlari etarli; 4-sinf oʻquvchilari shu shoirning “Bahor” she’rini oʻqiganda, 
oʻqituvchi: “She’rda yilning qaysi fasli haqida oʻqidingiz? (Bahor)”. “Shamol 
haqida nima deyiladi? Terak, bedapoya, qushlar haqida-chi?” savollarini 
beradi.
4
Shuni ham aytish kerakki, bolalar hayoti, ularning. 
4
(Oripov K., Obidova 
M. Ifodali oʻqish. T., «Oʻqituvchi», 1982- yil.) oʻziga xos fikrlari, his-tuygʻulari, 


10 
qiziqishlarini ifodalovchi, shuningdek zamonamiz qahramonlari, oʻzbek xalqi Vatan 
himoyasi, xalqimizning qahramonona ishlari haqidagi she’rlar mazmunini toʻlaroq 
tahlil qilish talab etiladi. Bunday she’rlarni oʻqishga oʻquvchilarni maxsus 
tayyorlanadi: she’r mazmuniga asos boʻlgan tarixiy voqea haqida qisqa soʻzlab 
beriladi yoki suhbat oʻtkaziladi. 
Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan koʻpgina she’rlarni tahlil qilib, ifodali 
oʻqish mashq qilingach, ifodali yod aytib berish vazifasi topshiriladi (oʻquvchilar 
darsda ifodali oʻqimagan she’rni uyda ifodali yod aytib berishga tayyorlanishni 
tavsiya etilmaydi). 
Bolalar she’rni yoqtiradilar. She’riy nutq engil yodlab olinadi, estetik his- 
tuygʻu uygʻotadi, kichik yoshdagi oʻquvchilar savi yasiga mos bolalarbop ravshan 
til bilan yozilgan sodda ritmli jarangdor she’rlarni bolalar tez va oson yodlab 
oladilar, keyin yoddan ifodali oʻqiydilar. 
Kichik yoshdagi oʻquvchilarga she’rni qanday yodlash kerakligi oʻrgatiladi. 
Buning uchun oʻqituvchi oʻquvchilar bilan she’rni teng satrli bir necha qismga 
boʻladi. Oʻquvchilarga har bir satr oxirida ritmik pauza qilish, buning uchun satr 
oxirida tinish belgi boʻlishi shart emasligi, ritmik pauzada ovozni nuqtadagi kabi 
pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikrni davom ettirishga imkon berishi va 
boʻlingan qismlar navbati bilan yodlatiladi. 
Z.Diyorning “Bahor keldi” she’rini izohli oʻqish darsining varianti sxemasi 
quyidagicha boʻlishi mumkin: 
1. 
she’r mazmunini yaxlit idrok etish uchun uni ifodali oʻqib berish (birinchi 
sintez); 
2. 
she’rda tasvirlangan bahor belgilari haqida suhbat (analiz): 
3. 
she’rni ifodali oʻqishni mashq qilish (ikkinchi sintez); 
4. 
uyda she’rni ifodali oʻqish va yod aytib berishga tayyorlanish; 
5. 
keyingi darsda she’rni ifodali oʻqitish, ifodali yoddan aytdirish. 
Ilmiy-ommabop maqolalarni oʻqitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, 
kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob 
bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga oʻrgatishdan i borat. Ilmiy 
prozada real muhit faktlarini kuzatish natijasining mantiqiy umumlashmalari va 
xulosalari xisoblangan aniq tushunchalar aks ettiriladi. 
Tabiatshunoslikka oid (1- sinfda) va tarixiy mavzudagi maqolalami oʻqish bilan 
bogʻliq holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining boʻrtishi), 
oʻquvchilarni yuz bergan oʻzgarishlarni, zavodlar, elektr stansiyalarini qurilishi kabi 
buyuk tarixiy voqealarning guvohi va ishtirokchilari boʻlgan kishilar bilan 
uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq. 1-sinf dasturida oʻqish bilan bogʻliq 
holda kuzatish, ekskursiya, fan darslar moʻljallanadi. Masalan, yil fasllari (kuz, qish, 
bahor, yoz) da mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning oʻzgarishi, oʻsimlik va 
hayvonlarning hayoti) ni, shuningdek, kishilarning mehnatini kuzatish uchun 
tabiatga (dala, bogʻ, xiyobonlarga) ekskursiyalar oʻtkazish koʻzda tutiladi. 
Ekskursiyalar bilan bogʻliq holda fan darslar oʻtkazilib, oʻquvchilarning 
oʻzlari yiqqan, shuningdek, oʻqituvchi olib kelgan daraxt kurtaklari, gullar, turli 
oʻsimlik va boshqalar oʻrganiladi. Ekskursiyada koʻrganlaridan tashqari, tabiatdagi 


11 
mavsumiy oʻzgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq 
kuzatishlari uyushtiriladi. Fan darslarida koʻrgazma sifatida oʻquv kinofilmlaridan 
ham foydalanish mumkin. Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan 
bogʻlab oʻqitish kishilar ilgari baxtli hayot uchun, oʻz hayotlarini yaxshilash uchun, 
ota-bobolarimiz dushmandan vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini 
tushunib etishga yordam beradi; bolalar mehnat hayotning asosi ekanini, kishilar 
hayoti mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. Mavjud 
dasturga koʻra, 2- sinf oʻquvchilari “Toshkent metrosi” mavzusidagi maqolalarni, 4- 
sinfda esa “Asrga tatigulik kun” asarini oʻqish orqali oʻtmish 
ajdodlarimiz
, ularning 
xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar 
xalqimizning hayoti, mehnati, kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, 
bolalarni Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi, ularda 
materialistik dunyoqarashni shakllantiradi, mehnat qilish zarurligini tushunishlariga 
yordam beradi. 
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli oʻqish darsini uyushtirishda quyidagi reja 
varianti (jadvali) asos qilib olinadi: 
1. 
oʻqiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ulami matn 
mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat oʻtkazish; 
2. 
maqolani yoki uning boʻlimini oʻqish, ayrim soʻzlarning ma’nosini 
tushuntirish; 
3. 
maqola yoki uning boʻlimi rejasini tuzish; 
4. 
oʻqilgan maqola yuzasidan suhbat; 
5. 
oʻqilgan boʻlimni asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yozish; 
6. 
reja asosida maqolani qayta oʻqish; 
7. 
maqolani yaxlit oʻqish; bunda bolalarni qayta himoyalashga tayy orlash va 
maqola mazmunini yaxshi oʻzlashtirishlariga erishish maqsadi koʻzda tutiladi
8. 
xulosalash va umumlashtirish; 
9. 
reja asosida qayta hikoyalash. 
Ilmiy-ommabop maqolalar bolalarni gazeta va jurnallarni oʻqishga tayyorlaydi, 
ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini oʻzlashtirishga yordam beradi, ularning 
mantiqiy tafakkurini va nutqini oʻstiradi. 

Yüklə 407,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin