6-mavzu. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li. (2 soat) Reja


Taraqqiyotning o’zbek modeli va uning o’ziga xos susiyatlari. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo’li



Yüklə 287,86 Kb.
səhifə2/9
tarix20.10.2023
ölçüsü287,86 Kb.
#158115
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li.

2.Taraqqiyotning o’zbek modeli va uning o’ziga xos susiyatlari. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo’li.
Jamiyat rivojlanishining zamonaviy milliy model­lari. Bunday ulkan vazifani bajarishdan oldin jahonda mavjud bo`lgan iqtisodiy rivojlanish modellarini o`rganish zarur edi. Ma’lumki, jahonda milliy taraqqiyot modellari ko’p bo’lib, ularni asosan Yevropa va Osiyo taraqqiyot modellariga ajratish mumkin. Bu modellar shu mintaqada yashayotgan tub aholisining nomi bilan ataladi. Bunda Yevropa mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyot modellari turkumiga: nemis, britan, fransuz, shved; Osiyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyot modellari guruhiga: yapon, koreys, hind, xitoy modellari kiradi.
Bunda, nemis modeli ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiga, britan modeli iqtisodiyoti davlat tomonidan tartibga solishga,fransuz modeli davlat tadbirkorligiga, shved modeli ijtimoiy tenglik va adolatni ta’minlash ustuvorligiga asoslangan holda iqtisodiy faoliyat olib borishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.Osiyo mamlakatlaridagi yapon modeli iqtisodiyotni yaponcha hayot tarzi an’analariga muvofiq “oila+ jamoa”ni uyg’unlashtirish asosida jamiyatni ijtimoiy tashkil etish, koreys modeli investitsiyalarni jalb etish; hind modeli korxonalarning innovatsion faolligi; xitoy modeli industrlashtirish, shaharlashtirish, marketinglash va baynalmilallashuv, shuningdek, iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, jamiyat va ekologiya sinteziga asoslanadi. Ushbu modellarning ishlash mexanizmlari, ular keltirib chiqaradigan natijalar to’liq o’rganib chiqilgandan so’ng, ulardan nusxa ko’chirilmasdan, o’zbek xalqining manfaatlariga mos keladigan va ularni porloq kelajak uchun boshlab boradigan taraqqiyotning yangi “o’zbek modeli ” buyuk davlat va jamoat arbobi Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan 1992 yilda yozilgan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo`li ” nomli kitobi va keyingi asarlarida ilmiy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi.

Yüklə 287,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin