6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja


Pul islohotlarining o’tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix24.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#102045
1   2   3   4   5   6   7
6 mavzu Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanis

 
3. Pul islohotlarining o’tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi
Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul 
muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki 
qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi 
qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish 
lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish 
kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-
sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz 


pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq 
qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini 
yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi 
kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul 
birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish 
(revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. 
Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga 
qadar boshqa sobiq Ittifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda 
amalda boʻlgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga 
kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Birinchi bosqich: 1993-yilning 15-noyabrdan ish haqi, 
pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki 
isteʼmol bozorini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi 
sifatida 1961—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993-yildagi rubli bilan 
parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "soʻm kupon" muomalaga kiritildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 
1000, 5000, 10000 soʻmkupon qogʻoz pullarni chiqardi. Ikkinchi bosqich: 1994-yil 1-iyulidan 
boshlab Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm 1 soʻm = 1000 soʻmkupon nisbati 
bilan muomalaga kiritildi. Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm 
boʻlgan bank qogʻoz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin boʻlgan metall tangalar 
chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli 
bank tizimi va musta-qil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatinp erkin yuritish im-konini 
berdi. Hisob kitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997-yildan boshlab muomalaga 200 soʻmlik, 
1999-yildan 500 soʻmlik va 2001-yildan 1000 soʻmlik bank qogʻoz pullari (banknotlar) 
muomalaga chiqarildi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin