yangi xon Ahmadni asir qiladi. Garchand tez
orada Ahmad Qoraxoniylar xonligi taxtiga
qaytarilgan bo„lsa-da,
biroq amalda
Qoraxoniylar Saljuqiylarga tobe bo„lib qoladi.
Malikshoh davrida davlat xokimiyatining
kuchayishida dono vazir
Nizomulmulk (1017-
1092) roli benazirdir. Katta huquq va keng
vakolatlarga ega bo„lgan birinchi vazir
markaziy hokimiyatni
kuchaytirishga, davlat
amaldorlarining mas‟uliyati, javobgarligini
oshirishga, davlatning moliya, soliq va boshqa
boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga
alohida ahamiyat beradi. U o„zining bu
boradagi yuksak salohiyati va tajribasini
umumlashtirib, mashhur «Siyosatnoma»
asarini
yozadi. Bu kitob katta shuhrat va e‟tirof
qozonib, mana, necha asrlardirki, Sharq va
G„arb mamlakatlarining davlat arboblari, vaziru
vuzarolari
uchun siyosat bobida muhim
dasturulamal qo„llanma vazifasini bajarib
kelmoqda.
Nizomulmulkning rahnomoligi va tashabbusi
bilan Bag„dod, Nishopur, Hirot, Balx, Marv
kabi shaharlarda oliy madrasalar ochilib,
ularda
juda ko„plab o„qimishli yoshlarning ta‟lim-
tarbiya olishi yaxshi yo„lga qo„yildi. Mamlakat
shaharlarining hunarmandchilik va savdo-sotiq,
karvon savdosi markazlari sifatidagi mavqei
kuchayib, xalqaro Ipak yo„lining roli ortib
bordi.
Bu davrda «iqto„»
tizimi kuchli rivojlangan
bo„lib, uning bilan bog„liq mulkiy munosabatlar
qishloq xo„jaligi sohasida etakchi mavqe
egallagan.
Saljuqiylarning eng so„nggi hukmdori
Sulton
Dostları ilə paylaş: