6- bob. Geo information tizimning konsepsiyasi va talablari


Geo information tizimlarda geovizuallash usuli va geoishlob turlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/5
tarix03.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#82684
1   2   3   4   5
6.3. Geo information tizimlarda geovizuallash usuli va geoishlob turlari
Geovizuallash deganda xaritalar bilan va geografik axborotning boshqa turlari, shu jumladan interaktiv xaritalar, 3D saxnalar, yakuniy diagramma va jadvallar bilan, tarmoq munosabatlarining vaqt ko‘rsatkichlari va sxematik tasvirlari bilan ishlash nazarda tutiladi.
GIT interaktiv xaritalarni va geografik ma’lumotlar to‘plamini boshqaradigan boshqa usullarni o‘z ichiga oladi. Xaritalar - insonlarning geografik axborotdan qanday foydalanishi va u bilan ishlashini anqlashtirish va standartlashtirish uchun qudratli modellashgan obraz hisoblanadi. Interaktiv xaritalar aksariyat GIT-ilovalar uchun asosiy foydalanish intyerfaysini taqdim etadi. Ulardan ko‘plab bosqichlarda: simsiz mobil mijozlarning xaritalardan boshlab brauzyerlardagi Web-saytlar hamda yuqori quvvatli GIT-ilovalardagi xaritalargacha foydalanishlari mumkin.
GITdagi xaritalar ko‘proq qog‘ozli statik xaritalarga o‘xshash, buning ustiga ular interaktiv hamdir, ya’ni siz uning bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. Interaktiv xaritani kichraytirish va kattalashtirish mumkin, shu bilan birga muayyan masshtablarda xaritadagi ayrim qatlamlar paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi mumkin. Siz xaritalar qatlam tasvirini tanlangan xar qanday atribut vositasi asosida shartli belgilarni qo‘llashingiz mumkin. Masalan, yer maydonlari uchun shartli belgilaydigan rangli shkala ularni zonalashtirish turlariga asoslanishi mumkin, quduqlarni belgilash uchun nuqtali belgilarda esa ularning hajmi ham aks ettirilishi mumkin. Interaktiv xaritada geografik ob’yektni ko‘rsatish jarayonida uning mazkur ob’yekt haqida qo‘shimcha ma’lumot olishi, maydonlar bo‘yicha so‘rovlar va tahlillar o‘tkazishi mumkin. Masalan, maktablar atrofidagi (masalan 200 m radiusdagi) muayan magazinlarni yoki tanlangan yo‘l atrofida 500 metrgacha joylashga barcha batqoqdiklarni topish mumkin. Bundan tashqari, GITdan foydalanuvchilarning ko‘pchiligi interaktiv xaritalar yordamida ob’yektlar haqidagi ma’lumotlarni tahrir qilishadi va ular haqida fazoviy tasavvurlarni hosil qilishadi.




6.3.1- rasm. Interaktiv xaritalar.
Xaritalar geografik axborotlarni aks ettirish va uzatish uchun hamda ma’lumotlarni keng kompilyasiya qilish, xaritalashtirish, tahlil, so‘rovlar o‘tkazish, dala sharoitida ma’lumotlar to‘plash kabi ko‘plab vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
GIT ma’lumotlar bazasida xaritalardan tashqari, vaqt pallalari, globuslar va sxematik chizmalar kabi boshqa interaktiv usullardan ham foydalaniladi. GITdan foydalanuvchilar aynan interaktiv xaritalar yordamida ko‘plab oddiy hamda yo‘naltirilgan standart vazifalarni bajarishadi. Mazkur xaritalar - GITning asosiy ish usuli bo‘lib, bu usul tashkilot xodimlariga geografik ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Xaritalarni yaratuvchilar ko‘pincha xaritalarni foydalanuvchilar ilovalariga joylashtirishadi va ko‘pchilik foydalanuvchilar Internetda GITda ishlatish uchun mo‘ljallangan Web-xaritalarni e’lon qiladilar.





6.3.2-rasm. Web-xaritalar.

6.3.3- rasm. Web-xaritalar.

Turli vaqtda foydalanish vaziyatida joylashtirilgan xaritalardagi tasvirlardan, masalan, dovulni kuzatish uchun foydalaniladi.





6.3.4- rasm. Web-xaritalar

6.3.5- rasm. Web-xaritalar

6.3.4- rasmda sxematik rasmlar, masalan, gaz tarmoqlarini ko‘rsatish uchun foydalaniladi.

6.3.5- rasmda AgsG1obe ilovasidan Evyerest togiga chiqish yo‘nalishini ko‘rsatish uchun foydalaniladi.

Mazkur rasmlardagi misollarda ko‘rsatilganidek, ma’lumotlarni, shu jumladan turli vaqtlarga doir voqealarga doir ma’lumotlarni Tgasking Analyst, dasturiy mahsulotida, AgsGITS Schematicsda, yot maydonlarini izlash uchun MarSontrol boshqaruvi elementidan foydalanib tuziladigan ilovalarda taqdim etish mumkin. Uni AgsG1obe ilovasi yordamida kuzatish ham mumkin.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin