6- amaliy mashg’ulot. Guruhlash


Mustaqil bajarish uchun masala va topshiriqlar



Yüklə 192,37 Kb.
səhifə6/8
tarix03.12.2022
ölçüsü192,37 Kb.
#72135
1   2   3   4   5   6   7   8
6 Амалий иш

2.Mustaqil bajarish uchun masala va topshiriqlar
2.1.Guruhlash, o’rinlashtirish, o’rin almashtirish formulalarini qo’llab yechishga doir topshiriqlar

2.1.1. Tokchada 5 ta kitobni necha xil usulda joylashtirish mumkin?
2.1.2. {1, 2, 3, ... , 2n} to‘plam elementlarini juft sonlari juft o‘rinlarda keladigan qilib
necha xil usulda tartiblashtirish mumkin?
2.1.3. 36 ta karta aralashtirilganda 4 ta “Tuz” bir joyda keladigan variantlar soni nechta?
2.1.4. Shaxmat taxtasida 8 xil rangdagi “To‘ra” ni bir-birini urmaydigan qilib nechta xil usulda o‘rin almashtirish mumkin?
2.1.5. 1, 2, 3 raqamlari qatnashgan nechta uch xonali son mavjud?
2.1.6. 36 ta karta aralashtirilganda 4 ta “Tuz” va 4 ta “Valet” bir joyda keladigan variantlar soni nechta?
2.1.7. 36 ta karta aralashtirilganda necha xil variant mavjud?
2.1.8. “Bum-Bum” qabilasi alifbosida 6 ta harf mavjud. Hech bo‘lmaganda 2 ta bir xil harfi bor 6 ta harfdan iborat ketma-ketlikgina so‘z hisoblansa, “Bum-Bum” qabilasi tilida nechta so‘z bor?
2.1.9. 1, 2, 3 raqamlari yonma-yon va o‘sish tartibida keladigan qilib {1,2,3,…n} to‘plamni tartiblashtirish mumkin?
2.1.10. Stipendiya uchun 5 ta sardor kassaga necha xil usulda navbatga turishlari mumkin?
2.1.11. Majlisda 4 kishi A, B, C, D lar so‘zga chiqishi lozim. Agar B kishi A so‘zga chiqmasdan oldin so‘zga chiqishi mumkin bo‘lmasa, Necha xil usulda notiqlar ro‘yxatini tuzish mumkin?
2.1.12. Doira shaklidagi stol atrofiga n ta mehmonni necha xil usulda joylashtirish mumkin?
2.1.13. Talaba 4 ta imtixonni 7 kun davomida topshirishi kerak. Buni necha xil usulda amalga oshirish mumkin? Agar oxirgi imtixon 7-kun topshirilishi aniq bo‘lsachi?
2.1.14. Futbol chempionatida 16 ta jamoa qatnashadi. Jamoalarning oltin, kumush, bronza medallar va oxirgi ikkita o‘rinni egallaydigan variantlari nechta bo‘ladi?

Yüklə 192,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin