13
davrida aqliy bilish jarayonlari rivojlanishi masalalari. Ijtimoiy vaziyatning o‘ziga
xosligi. Erta etuklik davrining jismoniy, psixosotsial va kognitiv rivojlanish
xususiyatlari. «O‘rta yoshlar» inqirozi.
O‘rta etuklik davrida kognitiv imkoniyatlarning o‘zgarishi va saqlanib
qolishi. Salomatlik masalasi etuklik davrining asosiy muammosi sifatida. Etuklik
davrida tafakkurning bir maromliligi. Etuklik davrida qadriyatlar tizimi va undagi
o‘rin almashinishlar.
Gerontopsixologiyaning fan sifatida shakllanishi. Xozirgi davrning asosiy
ijtimoiy-gerontologik muammolari. Keksalik va qarish. Qarilik davrining
anatomik-fiziologik xususiyatlari va asosiy jismoniy o‘zgarishlari. Qarilik
davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari. Qarilik davrida kognitiv soxaning
o‘ziga xosligi. Qarilik davridagi intellektual saloxiyatning o‘ziga xosligi. Qarilik
davrining ijtimoiy muammolari. Emotsional etishmovchilik sindromi.
Gerontopsixologiyada shaxslararo munosabatlar muammosi. Qarilik davrining
asosiy emotsional xususiyatlari. Moslashuv va yolg‘izlik muammolari. «Yolg‘izlik
xissi» kompleksiva uning o‘ziga xos xususiyatlari. Qarilarni ijtimoiy-psixologik
jixatdan qo‘llab-quvvatlash muammolari.
Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi. Uzoq umr ko‘rishning biologik ijtimoiy
va psixologik omillari. Qariyalar bilan psixologik-konsultatsiya tadbirlarini olib
borish xususiyatlari. Qariyalar uyida psixolog faoliyati va uni takomillashtirish
tadbirlarini ishlab chiqish.
Individuallikni tadqiq etishga bo‘lgan yondashuvlarning xilma-xilligi va
ularning tadqiqot vazifalariga bog‘liqligi. Ilmiy adabiyotlardagi mavjud
paradigmalar: “biologik va ijtimoiy”, “tug‘ma va orttirilgan”, “irsiyat va muhit
bilan bog‘liq”. Individuallikni tadqiq etishning o‘qitish va tarbiyalash, kasbga
yo‘naltirish, konsultatsiya, profilaktika va korreksiya uchun ahamiyati
.
Dostları ilə paylaş: