5-sinf botanikadan nazorat test savollari 1


Hujayra shakllari orasidan qaysi biri ortiqcha? A) ovalsimon; B) yumaloq; C) rombsimon; D) naysimon; 13



Yüklə 104,5 Kb.
səhifə2/4
tarix05.06.2023
ölçüsü104,5 Kb.
#124966
1   2   3   4
5-SINF BOTANIKADAN NAZORAT TEST SAVOLLARI

12. Hujayra shakllari orasidan qaysi biri ortiqcha?
A) ovalsimon; B) yumaloq;
C) rombsimon; D) naysimon;
13. To’qimalarning o’simlik organlarida joylashgan o’rnini aniqlang.
a-xlorenxima; b-suv saqlovchi; c-epiderma; d-kollenxima;
A) a-poya va ildiz; b-barg va ildiz; c-poya va barg; d-barg bandi va ildiz
B) a-novda, barg bandi; b-novda va epiderma osti hujayralari; c-poya, ildiz; d-barg va novda
C) a-yashil barg, novda va epiderma osti hujayralari; b- barg va novda; c-poya va ildiz; d-yosh poya va barg bandi;
D) a-yashil barg, novda va epiderma osti hujayralari; b-poya va ildiz; c-barg va novda; d- yosh poya va barg bandi;
14. Makkajo’xori (a) va bug’doy (b) o’simliklarda qo’shimcha ildiz hosil bo’ladigan joyini to’g’ri toping?
A) a-poyacha asosidan; b- poyaning yerga yaqin qismida;
B) a- poyaning yerga yaqin qismida; b- poyacha asosidan;
C) a-yon ildizning shoxlanishidan; b- poyacha asosidan;
D) a-yon ildizning shoxlanishidan; b-yon ildizdan;
15. To’g’ri fikrni aniqlang.
A)Makkajo’xorining 1mm2 so’rish qismida 700ta ildiz qinchasi bor;
B)Makkajo’xorining 1sm2 so’rish qismida 700ta ildiz tukchasi bor;
C)Makkajo’xorining 1mm2 o’sish qismida 700ta ildiz tukchasi bor;
D)Makkajo’xorining 1mm2 so’rish qismida 700ta ildiz tukchasi bor;
16. Poyaning ichki qismining to’qimalari ketma-ketligini aniqlang.
A) Qoplovchi> asosiy> mexanik > meristema > qoplovchi > o’zak.
B) Qoplovchi> mexanik> meristema> asosiy> qoplovchi> o’zak.
C) Qoplovchi > asosiy > o’tkazuvchi > meristema> o’tkazuvchi >o’zak.
D) Qoplovchi > asosiy > o’tkazuvchi > mexanik > meristema >o’zak.
17. O’simlikning (a) va o’simlik ildizining (b) turlicha tezlikda o’sishi nimaga bog’liq?
A) a-turiga; b-tuproq unumdorligiga;
B) a-b-o’simlik turiga;
C) a- tuproq unumdorligiga; b- turiga;
D) a-b-o’simlik turiga va o’sish sharoitiga
18. O’simliklarning tur, turkum yoki oila mansubligini aniqlashda o’simlikning qaysi xususiyatlari e’tiborga olinishi kerak?
A) barg tomirlanishi;
B) bargning tukli yoki tuksiz bo’lishi;
C) barg yaprog’ining shakli;
D) barglarning novdada joylashishi;
19. Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan butalarni aniqlang.
A) atirgul, ligustrum; B) ligustrum, na’matak; C) nastarin, ligustrum; D) kiyiko’t, na’matak;
20. Madaniy o’simliklar qaysi organlaridan ko’paytiriladi?
A) ildizpoya,tugunak, piyozbosh; B) bargi, novdasi, tugunagi; C) ildiz bachkisi, poya; D) novda, piyozbosh, ildizpoya;
21. Ildizpoyasidan ko’payadigan o’simliklarni aniqlang.
1)na’matak; 2)gladiolus; 3)salomaleykum; 4)yantoq; 5)g’umay; 6)shirinmiya; 7)ajriq;
A) 1,4,6; B) 2,3,5; C) 3,5,7; D) 2,4,6;
22. Uch bargchali (a) va uch bo’lakli (b) bargga ega bo’lgan o’simliklarni aniqlang.
A) a-beda; b-soxta kashtan; B) a-mosh; b-g’o’za; C) a-yeryong’oq; b-totim; D) a-sebarga; b-shoyi akatsiya;

Yüklə 104,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin